“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:11
ЎЗO‘Z

O‘rtasaroydagi karantin markazida o‘zini osgan fuqaroda koronavirus aniqlanmadi

22 iyun, 17:50 2 694 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘rtasaroydagi karantin markazida o‘zini osgan fuqaroda koronavirus aniqlanmadi Foto: «Fergana»
Avvalroq Toshkent viloyatidagi «O‘rtasaroy» karantin markazida 42 yoshli fuqaro 20 iyun kuni o‘zini osib qo‘ygani haqida xabar berilgandi. Ushbu fuqaro 15 iyun kuni charter reys bilan Moskvadan kelgan. Bosh prokuratura mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan fuqaro S.S. 2020 yil 20 iyun kuni Yuqori Chirchiq tumanidagi «O‘rtasaroy» karantin markazida o‘zi yotgan xonaga o‘rnatilgan konditsionerning tashqi tomondagi parragiga choyshab bilan noma’lum sabablarga ko‘ra o‘zini osganligi oqibatida vafot etgan.

Ish hujjatlariga ko‘ra, S.S. 15 iyun kuni Uzbekistan Airways tomonidan tashkil qilingan charter reys orqali Moskvadan Toshkentga kelgan va koronavirusiga chalingan yoki chalinmaganligini aniqlash maqsadida «O‘rtasaroy» karantin markaziga joylashtirilgan va undan tahlil uchun namuna olingan.

O‘zini osib qo‘ygan fuqaro bilan dastlab bir xonaga joylashtirilgan A.E.ning ma’lum qilishicha, 15 iyun kuni ular charter reys bilan Moskvadan Toshkentga kelgan va shu kunning o‘zida «O‘rtasaroy» karantin markazida S.S. bilan birga to‘rt kishi bitta xonaga joylashtirilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, S.S. o‘zini yomon tutib, kasallikka chalinganligini aytgan va ular bilan turishni xohlamagan. Shundan so‘ng, S.S. yarim soatcha xonaning hovlisida o‘tirgan, shifokorlar kelib u bilan suhbatlashgan va uni alohida xonaga joylashtirgan.

Shuningdek, «O‘rtasaroy» karantin markaziga xizmatga kelgan, Toshkent shahar Olmazor tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika shifokori Sh.M. ning holat yuzasidan bergan tushuntirishiga ko‘ra, fuqaro S.S. karantin hududiga joylashtirilgan kundan boshlab o‘zini agressiv tuta boshlagan, ovqat yeyishni xohlamagan, virusga chalinganligini aytib, u bilan birga joylashtirilgan shaxslarga kasalligini yuqtirishi mumkinligini bildirgan. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, S.S. xonadagi sheriklari bilan birga turishni xohlamagan holda boshqa konteynerga joylashtirishlarini talab qilgan. Shundan so‘ng, blokda tinchlik saqlash maqsadida S.S. boshqa xonaga o‘tkazilgan. 16 iyun S.S. psixiatr ko‘rigidan o‘tgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
«Virusologiya markazi tomonidan taqdim qilingan yo‘llanma natijasiga ko‘ra, S.S.da COVID-19 infeksiyasi aniqlanmagan», — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani O‘rtasaroy hududidagi 16 gektar maydonni egallagan, 10 700 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan karantin markazi aprel oyida foydalanishga topshirilgan edi. Bu yerga xorijdan O‘zbekistonga kirib kelgan fuqarolar 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 216
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 180
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 241
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 55
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 255
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar