“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 16:37
ЎЗO‘Z

Navoiyda mahkumlarning jazosi yengillashtirildi

19 iyun, 13:25 2 123 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Navoiyda mahkumlarning jazosi yengillashtirildi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 7-moddasida insonparvarlik prinsipi o‘z aksini topgan bo‘lib, jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamasligi, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerakligi belgilab qo‘yilgan.

Sudlar birinchi navbatda xalq manfaatlari yo‘lida xizmat qilish uchun qonunchiligimizda belgilab qo‘yilgan insonparvarlik pritsipiga tayanmoqda. 2020 yil 11 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi tomonidan mahkumlarga nisbatan insonparvarlik prinsipi qo‘llandi.

Navbahor tuman ichki ishlar organlari Probatsiya guruhida hisobda turib, sud hukmi bilan tayinlangan jazolarni o‘tab turgan, o‘z qilmishini anglab yetgan, ijobiy tavsifnomaga ega hamda mehnatga halol munosabatda bo‘lgan bir nafar mahkum, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi (jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish) talabi asosida jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, shuningdek, ikki nafar mahkumga tayinlangan jazolarning o‘talmagan qismi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 74-moddasi (jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish) talabi asosida yengilrog‘iga almashtirildi.

Jumladan, Navbahorlik Z.U. va A.K.lar muqaddam giyohvandlik vositalarini o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyatni sodir etganliklari uchun,
sudning 2019 yil 14 yanvardagi hukmi bilan ularning har biriga 4 yildan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan, ular ichki ishlar idoralarida hisobda turib, belgilangan ta’qiq va cheklovlarga rioya etgan holda jazoni o‘tab kelganlar.

Z.U. va A.K.lar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 74-moddasining “b” bandiga muvofiq, tayinlangan jazo muddatining uchdan bir qismini o‘taganligi, mahalladan taqdim qilingan ijobiy tavsifnoma hamda mehnatga halol munosabatda bo‘lganligi inobatga olinib, Z.U. va A.K.larga tayinlangan ozodlikni cheklash jazosining o‘talmagan muddati, axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilib, jazo yengillashtirildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining raisi
A.Ibodov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 0
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 252
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 82
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 140
  • So'nggi yangiliklar
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 42
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 36
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 78
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 253
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 94
  • Bo‘limlar