“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:03
ЎЗO‘Z

Xorazmda qalbaki valyutafurushlik bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

15 iyun, 17:02 2 017 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xorazmda qalbaki valyutafurushlik bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi 11 iyun kuni Xiva shahrida yashovchi fuqaro Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga oldindan notanish bo‘lgan shaxslardan 11 mln so‘m evaziga ming yevro ayirboshlab olganini, lekin keyinchalik bu xorijiy valyutalarning qalbakiligini bilib, pullarini qaytib olishida yordam so‘ragan.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, murojaat yuzasidan zudlik bilan boshqarmaning Jinoyat-qidiruv boshqarmasi tomonidan choralar ko‘rilgan: Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro B.M. boshqaruvidagi Neksiya avtomashinasi Gurlan tumanida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, mashina salonida 3 500 yevro va 50 AQSH dollari miqdoridagi xorijiy valyutalar va 16 490 000 so‘m miqdoridagi milliy valyuta borligi aniqlangan.

«O‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, avtomashina salonidan olingan xorijiy valyutalar qalbaki ekani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek B.M. Urganch shaxrida yashovchi yana bir fuqaroga 5 490 000 so‘m evaziga 500 qalbaki yevroni o‘tkazganiga dastlabki surishtiruvlar jarayonida aniqlik kiritildi.

Qalbaki xorijiy valyutalarni muomalaga kiritishga uringan jinoiy guruh a’zolarining qilmishini to‘liq fosh etish maqsadida, Xorazm viloyati IIB va IIV Jinoyat-qidiruv bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida nazorat tartibida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Toshkent shahrida yashovchi yana bir nafar gumondor fuqaroning uyida o‘tkazilgan tintuv vaqtida qalbaki 200 dollarni muomalaga kiritish maqsadida saqlab qo‘ygani aniqlandi va u ham qo‘lga olindi», – deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan. Tergovni Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Xorazm viloyati boshqarmasi olib bormoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 46
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 62
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar