“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 02:47
ЎЗO‘Z

Qo‘lga olingan direksiya mutaxassisining boshqa jinoyatlari ham aniqlandi

15 iyun, 15:54 2 714 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qo‘lga olingan direksiya mutaxassisining boshqa jinoyatlari ham aniqlandi Andijon viloyati kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direksiyasi Marhamat tumani yetakchi mutaxassisi D.A. firibgarlik ustida qo‘lga olindi. Jinoyat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marhamat tuman bo‘limi DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

D.A. fuqaro B.M.ning ishonchiga kirib, unga tuman hududidagi kichik sanoat zonasi uchun ajratilgan yer maydonidan uy-joy qurish hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun 10 sotix yer maydoni ajratib berish evaziga 1500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Ushbu holat bo‘yicha o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda D.A.ning boshqa qilmishlari ham fosh bo‘ldi. Ya’nikim, u joriy yilning may oyida 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, tadbirkorlik faoliyatini boshlashga yer ajratish uchun 6 750 AQSH dollarini hamda 1 nafariga tumanda qurilayotgan ko‘p qavatli uydan 2 xonali uy olib berishni va’da qilib, evaziga 27 mln. so‘mini qo‘lga kiritgani ham aniqlangan.

Darvoqe, Departamentning Marhamat tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan boshqa bir tezkor tadbirda ham firibgarlikka oid yana bir jinoyat fosh etildi. Fuqaro M.X. Z.R. va M.E.larning ishonchiga kirib, ularga Marhamat tuman «Dehqon bozori» MCHJ hududidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan savdo qilishi uchun rasta ajratib berish evaziga 2 mln. so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan firibgarlik alomatlari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 11
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 64
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 74
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 28
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 156
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 57
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 49
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 11
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 36
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 40
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 58
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 31
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 246
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 64
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 65
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 74
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 115
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 28
  • Bo‘limlar