“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 14:06
ЎЗO‘Z

Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafot etdi. 3 nafar ichki ishlar xodimi qamoqqa olingan

13 iyun, 20:19 4 021 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafot etdi. 3 nafar ichki ishlar xodimi qamoqqa olingan 2020 yil 30 may kuni Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam Andijon filialiga Andijon shahar, Salohiyat ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A. tan jarohatlari bilan kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, shu kuni Andijon shahar IIO FMB 4-son IIB xodimlariga nisbatan JKning 206-moddasi 1-qismi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Aniqlanishicha, IIB JQB tezkor vakillari ish yurituvdagi ariza yuzasidan fuqaro A.A.ni IIB ma’muriy binosiga olib kelib, hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, noqonuniy ravishda ushlab turganliklari oqibatida uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgan.

A.A. sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli Andijon shahar IIO FMB 4-son IIBdan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga yotqizilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida 01.06.2020 yilda 3 nafar ichki ishlar xodimiga nisbatan JKning 206, 234 va 235-moddalari bilan ayb e’lon qilinib, “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jabrlanuvchi A.A.ga shifokorlar tomonidan barcha tibbiy yordamlar ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramasdan u 11.06.2020 yilda vafot etgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 21
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 41
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 36
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 135
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 166
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 0
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 17
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 56
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 21
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 162
  • AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi 01 мая, 12:02 177
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 121
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 41
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 86
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 69
  • Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi 01 мая, 10:11 273
  • Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi 01 мая, 10:06 53
  • Bo‘limlar