“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 06:19
ЎЗO‘Z

Tergov departamenti Xorazmda ayol kishining bir necha ayollar tomonidan kaltaklanishi holati bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

12 iyun, 13:10 3 429 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tergov departamenti Xorazmda ayol kishining bir necha ayollar tomonidan kaltaklanishi holati bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi Foto: Tergov departamenti
Holat yuzasidan Qo‘shko‘pir tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Xorazmdagi «samosud» holati tasvirlangan videolavha yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

2020 yilning 9 iyun kuni taxminan soat 22:40da Qo‘shko‘pir tumani Ittifoq mahallasida yashovchi 20 yoshli H.O. dugonalari D.A., L.M., M.M., D.K. bilan birgalikda yashash uyiga kelayotganida, oldidan 31 yoshli S.D. boshqaruvidagi Nexia avtomashinasi kelib to‘xtaganida, avtomashinadan shu mahallada yashovchi K.D., R.D, va O.D. tushgan.

Xabarda aytilishicha, ular “Sen nima uchun o‘g‘lim va kelinimni turmushini buzib, buzg‘unchilik qilib yuribsan” deb har xil so‘zlar bilan haqorat qilib, urib tan jarohati yetkazgan hamda ushbu holatni shu yerda bo‘lgan S.D. o‘zining uyali telefon apparatiga videotasvirga olib turgan.

X.O. shu mahallada yashovchi K.D.ning o‘g‘li S.D. bilan 2016 yildan buyon yashab kelayotganligi, hozirda bir nafar farzandi borligi aniqlangan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida X.O. chap bilak, chap-o‘ng yelka, boldir, chap son va ko‘krak qafasini qontalashlari bo‘lib, yengil tan jarohati olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘shko‘pir tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan K.D., R.D., O.D. va N.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan, o‘z mazmuniga ko‘ra umum e’tirof etgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi o‘taketgan behayolik bilan bezorilik sodir etilsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma’lumotda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 36
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 96
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 98
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 39
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 185
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 0
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 185
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 36
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 72
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 75
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 111
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 52
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 328
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 96
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 86
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 98
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 156
  • Bo‘limlar