“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:05
ЎЗO‘Z

Xorazmda kanaldan olib chiqilgan Tico’dan rulga zanjir bilan bog‘langan 34 yoshli haydovchining murdasi topildi

08 iyun, 08:20 5 108 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xorazmda kanaldan olib chiqilgan Tico’dan rulga zanjir bilan bog‘langan 34 yoshli haydovchining murdasi topildi Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Xorazm viloyatida Tuproqqal’a tumanidagi kanaldan olib chiqilgan Tico’dan 34 yoshli yigitning murdasi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, Hazorasp tuman prokurori tomonidan 2020 yil 17 aprel kuni T.Q.ning bedarak yo‘qolganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hazorasp tumani «Temirchi maskani» MFYda yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan T.Q. 2020 yil 27 mart kuni, taxminan, soat 10:00 larda otasiga tegishli Tico mashinasida ko‘chaga chiqib ketib, uyga qaytib kelmagan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov harakatlari davomida to‘plangan dalillarga ko‘ra, T.Q. Tuproqqal’a tumanidagi Toshsaqa kanalining Chap qirg‘oq suv inshooti hududida mobil telefonidan foydalangani inobatga olinib, 4 iyun kuni ushbu kanal hududida suv to‘silib, olib borilgan qidiruv ishlarida fuqaroning jasadi Tico’da bo‘ynidan zanjir bilan rul chambaragiga qulflangan holda topilgan.

Murda sud-tibbiy ekspertizasida ko‘zdan kechirilganida uning tanasida jarohat izlari aniqlanmagan. T.Q.ning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan va tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 27
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 113
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 46
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar