“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 00:43
ЎЗO‘Z

Chigirtkalar qishloq xo‘jaligiga yarim mlrd. dollarlik zarar yetkazdi

07 iyun, 10:53 3 642 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chigirtkalar qishloq xo‘jaligiga yarim mlrd. dollarlik zarar yetkazdi Hozirgi kunda Afrika va Osiyo davlatlarida cho‘l chigirtkasi yoppasiga ko‘payib, 15 million gektar maydonda uchib, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib o‘tmoqda. Bugungi kunda ularning qishloq xo‘jaligi ekinlariga keltirgan zarari 500 million AQSH dollaridan oshgan.

2020 yilda respublikamiz bo‘yicha zararli chigirtkalarni 597,9 ming gektarda kimyoviy ishlov o‘tkazilishi bashorat qilingan.

Joriy yilning 3 iyun holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha zararli chigirtkalarning 336,2 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 318,9 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi. Zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlovlarni o‘tkazishga 173 ta OVX purkagichli traktor, 309 ta motorli qo‘l purkagichi, 33 ta UMO purkagichli avtomashina, 6 ta motodeltaplan, 58 ta vodovoz va 656 nafar ishchi jalb qilingan.

Hozirda hududlarda zararli chigirtkalarga qarshi kurashish tadbirlari o‘tkazilmoqda. Soha olimlari va mutaxassislari tahlillariga binoan joriy yilda zararli chigirtkalarning rivojlanishi va tarqalishiga ob-havoning qulay kelayotganligi, iyun oyida havo harorati isib ketishi bilan yaylovlardagi o‘tlarning qurib qolishi natijasida zararli chigirtkalarni qo‘shni respublikalarning chegaradosh hududlaridan uchib o‘tishi va tabiiy ofat tusida o‘ta murakkab favqulodda vaziyatlar paydo bo‘lishi xavfi mavjud.

Ushbu hududlarda o‘z vaqtida qarshi kurashish choralari o‘tkazilib, yaylovlar va qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazishining oldi olinmoqda.

Joriy yil mavsumida zararli chigirtkalarga qarshi kurash tadbirlarini o‘tkazishga 33 mlrd. 306 mln. so‘m mablag‘ talab etilgan. Lekin mahalliy budjetdan 25 mlrd. 269 mln. so‘m (76%) mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ular zararli chigirtkalarga qarshi 354,4 ming gektar maydonda ishlovlar o‘tkazilishini ta’minlaydi. Shuningdek, hokimliklar tomonidan ham mablag‘ yo‘naltirilgan.

Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning I choragida Yaqin Sharq, Afrika va Osiyodagi 23 ta davlatda cho‘l chigirtkasi yoppasiga tarqalib, qishloq xo‘jaligiga katta zarar yetkazgan. Bugungi kunda mazkur mamlakatlarda cho‘l chigirtkasi tarqalishining ikkinchi to‘lqini boshlangan. FAO ekspertlarining xulosasi esa cho‘l chigirtkalari mintaqadagi 30 dan oshiq mamlakat, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo‘jaligiga juda katta talofat yetkazishi xavfi borligini ko‘rsatadi.

Ushbu holat borasida tegishli xizmatlardan kuzatuv-nazorat ishlarini kuchaytirish, zarur kimyoviy vositalar va yoqilg‘i-moylash mahsulotlari zaxirasini o‘z vaqtida yaratish talab etiladi.

Hozirda koronavirus pandemiyasi sababli qo‘shni davlatlar chegara hududlari yopilganligi oqibatida chegaradosh hududlarda zararli chigirtkalarga qarshi kurashish tadbirlari va hamkorlikda kuzatuv-nazorat ishlarini o‘tkazishga imkoniyat bo‘lmayotgani tufayli qo‘shni davlatlarning tegishli xizmatlari bilan telefon orqali axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Shu bilan birga, mamlakatimizda zararli chigirtkalarga qarshi kurashish tadbirlarida chegara qo‘shinlari, FVV, mahalliy hokimliklar tomonidan choralar olib borilmoqda.

Bu borada paydo bo‘layotgan muammolar Vazirlar Mahkamasi orqali hal etilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Bahodir TAJIYEV,
Oliy Majlis Senati
Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va
ekologiya qo‘mitasi raisi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 21
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 19
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 92
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 140
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 4
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 6
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 28
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 56
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 48
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 72
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 34
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 75
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 52
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 47
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 21
  • Bo‘limlar