“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 13:46
ЎЗO‘Z

Toshkent viloyatida hovlidan qadimiy qabr topildi

06 iyun, 20:13 4 590 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent viloyatida hovlidan qadimiy qabr topildi Yaqinda Yangiyo‘l tumaning “Madaniyat” mahallasidagi Baxt ko‘chasi 35-uyda istiqomat qiluvchi S.Abdug‘aniyevaning hovlisida qazilgan chuqurdan qadimiy qabr topildi. Xonadon egasining murojaati asosida Yangiyo‘l tumani hokimligi, tuman prokuraturasi va tuman IIB bo‘limi vakillari, Toshkent viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari hamda jamoatchilik vakillari hovlidagi chuqurda qazishma ishlarini olib borishdi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassislar mazkur qadimiy topilma miloddan avvalgi III, milodning III-IV asrlariga oid Qovunchi madaniyatiga taalluqli ekanligini qayd etishdi. Qabrdan o‘sha davrda yashagan odamlarning suyak qoldiqlari (1 ta sklet) va 9 xildagi turli hajm va shakldagi sopol buyumlar (1 donasi siniq holda hamda 1 dona ayollar munchog‘i) olindi. Qadimiy topilmalar Yangiyo‘l shahridagi Usmon Yusupov uy-muzeyiga topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, joriy yilning aprel oyida ham Angren shahridagi “Bog‘i Surh” mahallasining Abay ko‘chasi 77-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro F.Normatov hovlisidan topilgan qadimiy qabrda ham odamlarning suyak qoldiqlari (2 ta sklet) va 5 xil turli hajm va shakldagi sopol buyumlar Qovunchi madaniyatiga oid ekanligi qayd etilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 65
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 0
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 1
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 36
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 71
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Bo‘limlar