“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 15:49
ЎЗO‘Z

Zoologlar ko‘rsichqon va tulkilarning Sardoba to‘g‘onining yemirilishiga ta’sirini o‘rgandi

06 iyun, 16:05 3 269 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Zoologlar ko‘rsichqon va tulkilarning Sardoba to‘g‘onining yemirilishiga ta’sirini o‘rgandi Foto: FVV
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti zoolog mutaxassislari yovvoyi kemiruvchilar va boshqa hayvonlar faoliyatining Sardoba suv ombori to‘g‘oni holatiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha Sirdaryoda safarda bo‘ldi. Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ish jarayonida guruh tomonidan to‘g‘on yonbag‘rining 7 bo‘limi, to‘g‘onning yuqori qismidan esa 31-piketdan 197-piketgacha tekshiruvlar o‘tkazilgan. Bu hududlarda ochilib qolgan loy uyumlari va cho‘kmalar kuzatilgan. Tekshiruvlar muhandis E.Qayumov ishtirokida o‘tkazildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘g‘on yonbag‘rining 3 bo‘limida oddiy ko‘rsichqonning ochilib qolgan in yo‘llari, to‘g‘onning yuqori qismida esa Tamarisk qumsichqonining inlari qayd etilgan. Nishablik bo‘limlardan birining asosida tulki ini topilgan.

«Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, bu kemiruvchilar hamda tulkilar ko‘p sonda emas va to‘g‘onning yaxlitligiga jiddiy ta’sir ko‘rsata olmaydi. Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti mutaxassislari ushbu masala yuzasidan zarur tavsiyalar berdi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq internetda Sardoba suv ombori fojiasiga laqqa baliqlar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin ekani to‘g‘risida xabar tarqalgandi, biroq bu versiya yuzasidan dalillar taqdim etilmagani bois u ko‘pchilik tomonidan jiddiy qabul qilinmadi, tegishli tuzilmalar tomonidan rasmiy munosabat ham bildirilmadi.

Eslatib o‘tamiz, 1 may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘onining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Bosh prokuratura Sardoba falokati yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha 4 ta tergov versiyasini ko‘rib chiqmoqda. Hozirda suv ombori ishi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 226
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 187
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 247
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 1
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 5
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Bo‘limlar