“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 22:46
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishda katta chegirmalar berish rejalashtirilmoqda

06 iyun, 15:11 2 406 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishda katta chegirmalar berish rejalashtirilmoqda Koronavirus sabab xorijiy sayyohlarning kamayishi ortidan ichki turizmga katta e’tibor beriladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovga ko‘ra, ichki turizmni rivojlantirishda katta chegirmalarni joriy etish ko‘zda tutilgan.

«Aholining daromadi kamroq qatlamida sayohat qilish ko‘rsatkichi past ekani rost. Katta-katta mehmonxonalarimiz bilan gaplashdik. Ular chegirmalar joriy etishga rozi. Transport sohasi vakillari ham shu jumladan. Shunga ko‘ra, sayohat xarajatlari ikki baravarga arzonlashishi mumkin.

Ushbu chegirmalarni yil oxirigacha joriy etish ko‘zda tutilgan. So‘nggi vaqtlarda xorijiy turistlarning keskin kamaygani ichki turizm uchun qulay imkoniyatni vujudga keltiradi
» - dedi Abduhakimov.

Raisning ta’kidlashicha, avval ko‘proq tarixiy obidalar va ziyorat turizmiga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, endilikda, gastronomik, tibbiyot turizmiga ham yo‘l ochilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, qiziq bir tajriba ham oshkor qilindi: endilikda sayyohning yurgan masofasiga qarab, unga ma’lum ballar beriladi va davlat xizmatlari bog‘liq jarayonlarda fuqarolarga bonuslar joriy etish amaliyoti boshlanadi.

Kuni kecha prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Marg‘ilondagi Hunarmandlar markaziga borgandi. Ushbu hunarmandlik markazida 600 kishi ishlamoqda. Markaz kelajakda yirik turistik manzilga aylanishi kutilmoqda.

Avvalroq, Abduhakimov koronavirus pandemiyasing turizmga ta’siri xususida gapirgandi. Jumladan may oyida yurtimizga deyarli xorijiy turistlar tashrif buyurmagan. Joriy yilda faqat 2016 yil ko‘rsatkichlariga yetib olish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 33
  • So'nggi yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 63
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 42
  • Bo‘limlar