“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:05
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasiga chorvachilikni rivojlantirish uchun yer ajratiladi

05 iyun, 09:55 2 786 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasiga chorvachilikni rivojlantirish uchun yer ajratiladi «Agro kompleks Karakalpakstan» qo‘shma korxonasiga chorvachilikni rivojlantirish uchun yer ajratiladi.
Vazirlar Mahkamasining «Agro kompleks Karakalpakstan» qo‘shma korxonasiga chorvachilikni rivojlantirish uchun yer ajratish to‘g‘risida»gi farmoyishi loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24-moddasiga asosan «Agro kompleks Karakalpakstan» O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasiga chorvachilikni rivojlantirish uchun:

Taxtako‘pir tumanidagi «Qaraoy» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi zaxira yer maydonlaridan chorvachilikni rivojlantirish maqsadida umumiy maydoni 114,4 gektar shundan: 91,6 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonlari, 11,4 gektar bo‘z yerlar, 7,6 gektar suv osti yerlari, 0,8 gektar yo‘llar va 3 gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yer maydonlari;

Taxtako‘pir tumanidagi «Qaraoy» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi zaxira yer maydonlaridan chorva mollari uchun ozuqa bazasini ta’minlash maqsadida umumiy maydoni 488,8 gektar shundan: 338,6 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonlari, 12,1 gektar bo‘z yerlar, 49,9 yaylov yer, 58,8 gektar suv osti yerlari, 19,4 gektar yo‘llar va 10 gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yer maydonlari;

Taxtako‘pir tumanidagi zaxira yer maydonlaridan qo‘ychilikni rivojlantirish maqsadida umumiy maydoni 996,47 gektar shundan: 845,87 gektar yaylov yer, 136,22 gektar suv osti yerlari, 12,89 gektar yo‘llar va 1,49 gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yer maydonlari «Agro kompleks Karakalpakstan» qo‘shma korxonasiga 30 yil muddatga ijara huquqi asosida ajratib beriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari geodeziya kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda belgilangan tartibda yer uchastkalarini «Agro kompleks Karakalpakstan» qo‘shma korxonasiga uzoq muddatli ijaraga berish to‘g‘risida shartnomasini rasmiylashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi «Agro kompleks Karakalpakstan» qo‘shma korxonasiga ajratilgan yer maydoni bo‘yicha atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasini qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin hamda tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga qat’iy rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini o‘rnatadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi «Agro kompleks Karakalpakstan» qo‘shma korxonasiga chorvachilikni rivojlantirish maqsadida ijara huquqi asosida foydalanish uchun berilayotgan sug‘oriladigan ekin yerlar va bo‘z yerlar maydonlaridan faqat chorva mollari uchun ozuqa bazasi sifatida foydalanilishi va boshqa ob’ektlar qurilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shaxsiy javobgarlik yuklatiladi.

«Agro kompleks Karakalpakstan» qo‘shma korxonasi ijaraga berilgan yerni ijara muddati tugagandan so‘ng foydalanish mumkin bo‘lgan holga keltirib, Taxtako‘pir tumani zaxira yerlariga qaytarib berishni ta’minlaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 90
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 271
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar