“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 08:31
ЎЗO‘Z

Yakkasaroy tumanida qo‘lga olingan yigitlar haqida ma’lumot berildi

05 iyun, 08:23 3 422 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yakkasaroy tumanida qo‘lga olingan yigitlar haqida ma’lumot berildi Internet tarmog‘ida ichki ishlar organlari xodimlari yosh yigitlarni ichki ishlar bo‘limiga olib ketish uchun qo‘lga olayotganlari aks etgan video tarqalib ketdi. Bu bo‘yicha IIBB tomonidan rasmiy ma’lumot berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1 iyun kuni taxminan soat 18.30 da Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari «Moviy gumbazlar» hiyoboni hududini patrullash davomida to‘plangan fuqarolarga o‘yin kartalari yordamida fokus ko‘rsatayotgan ikki nafar yosh yigitlarni ko‘rib qolishadi. Tomoshabinlar jamoat joyida bo‘la turib ijtimoiy masofani saqlamaganlar. Ya’ni, sanitariya-epidemiologiya qoidalari buzilib, inson salomatligiga xavf tug‘dirilgan. Shu sababli xodimlar yosh yigitlarga tanbeh berib, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun bu kabi tomoshalar uyushtirmaslikni iltimos qilishgan.

Ammo 2 iyun kuni kechki payt PPX xodimlari yana o‘sha ikkita yigitni jamoat joyida tomosha ko‘rsatayotganliklarini ko‘rib qolishadi. Yigitlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan. Birinchi ogohlantirishdan keyin tegishli xulosa qilmagan yigitlar jamoat joyida tomosha uyushtirishda davom etganlar. Shu munosabat bilan ichki ishlar organlari xodimlari ulardan eng yaqin bo‘limga shaxslarini aniqlash uchun va profilaktik suhbat o‘tkazish uchun borishni iltimos qilgan. Ammo yoshlardan biri huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimining qonuniy talabiga bo‘ysinmagan. Bo‘ysinmaganlik holati noma’lum shaxs tomonidan mobil telefon kamerasiga videoga tushirilib, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan.

Yigitlar Yakkasaroy tumani IIO FMB 3-son ichki ishlar bo‘limiga yetkazildilar. Ulardan biri bo‘lmish voyaga yetmagan yigit darhol qo‘yib yuborildi. Ikkinchisi esa, jizzaxlik 19 yoshli Oleg X. bilan karantin qoidalariga rioya qilish muhimligi borasida profilaktik suhbat o‘tkazilgach, qo‘yib yuborildi.

Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi qoidalariga jiddiy qarashingizni so‘raymiz. Unutmang, karantin choralari yumshatilishi koronavirus xavfi bartaraf etilganidan dalolat qilmaydi. Ijtimoiy masofani saqlang, qo‘llaringizni tez-tez yuvib turing, antiseptik ishlating, tibbiy niqob taqib yuring. O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang, salomat bo‘ling.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 194
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 53
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 67
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 1
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 52
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar