“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 20:46
ЎЗO‘Z

Sodiq Safoyev Qirg‘iziston parlamenti spikeri bilan videomuloqot qildi

05 iyun, 08:00 1 977 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sodiq Safoyev Qirg‘iziston parlamenti spikeri bilan videomuloqot qildi Foto: Oliy Majlis Senati Axborot xizmati
4 iyun kuni Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston-Qirg‘iziston parlamentlararo hamkorlik komissiyasi hamraisi Sodiq Safoyev va Qirg‘iziston Jokorku Keneshi Torag‘asi o‘rinbosari (spikeri), ushbu Parlamentlararo komissiya hamraisi M.Bakirov o‘rtasida videomuloqot bo‘lib o‘tdi.

Do‘stona ruhda o‘tgan suhbatda ikki tomonlama parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish haqida fikr almashildi, deyiladi Oliy Majlis Senati Axborot xizmati xabarida.

«Bundan tashqari, ikki mamlakat rahbarlari tomonidan olib borilayotgan siyosat va O‘zbekiston prezidenti Sh.Mirziyoyevning shaxsiy sa’y-harakatlari natijasida ikki tomonlama hamkorlik sifat nuqtayi nazardan yangi pog‘onaga ko‘tarilgani qayd etildi. Erishilgan hamkorlikning yangi darajasi, ayniqsa, pandemiya sharoitida o‘zaro ko‘rsatilgan yordam tufayli yaqqol namoyon bo‘lgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, ikki davlat chegarasida yuz bergan so‘nggi voqealar jiddiy xavotir uyg‘otayotgani to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Bu vaziyatda parlament a’zolari chetda turmasligi lozimligi qayd etildi. Ular hukumat va hokimiyatning mahalliy vakillik organlari bilan birgalikda bu borada har tomonlama ko‘maklashish, chegaradosh tumanlarda barqaror holatni mustahkamlash yuzasidan faol ish olib borishi lozim.

Shu munosabat bilan tez orada Parlamentlararo hamkorlik komissiyasining navbatdagi majlisini o‘tkazish taklif etildi.

O‘z navbatida, Qirg‘iziston parlamenti spikeri o‘rinbosari, Parlamentlararo hamkorlik komissiyasi hamraisi M.Bakirov ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi jihatlarini yuksak baholashi va qadrlashini ta’kidladi. «Yangi ahamiyat kasb etgan hamkorligimizni ko‘z qorachig‘imizdek asrashimiz kerak», dedi u.

Bundan tashqari, M.Bakirov ro‘y bergan voqea xususida parlament diplomatiyasi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari resursidan foydalanish muhimligini qo‘llab-quvvatladi.

Tomonlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston parlamentlararo muloqot ikki mamlakat xalqlari o‘rtasida ishonchni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Suhbat yakunida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi», – deyiladi rasmiy press-relizda.

Eslatib o‘tamiz, 31 may kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Chashma bulog‘i oldida ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi. Buloq ariqlarini birgalikda tozalash vaqtida yuzaga kelgan janjal oqibatida so‘xliklardan 187 kishi jarohat oldi.

1 iyun kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari Abdulla Aripov va Qubatbek Boronov Botken viloyatida uchrashuv o‘tkazdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston hukumati rahbari So‘x tumani aholisi bilan muloqot qildi.

2 iyunda Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning bir guruhi aholi muammolarini hal etish uchun So‘xga yetib bordi. 3 iyun kungi videoselektorda masalaga prezident Shavkat Mirziyoyev munosabat bildirib, chegaradosh hududlardagi vaziyat nazoratini Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovga yukladi.

4 iyunda So‘x tumanini obod qilish uchun 1 trillion so‘mga yaqin mablag‘ ajratilishi ma’lum bo‘ldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 59
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 143
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 55
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 151
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 269
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 29
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 21
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 92
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 112
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 37
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 146
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 59
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 104
  • Bo‘limlar