“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 14:17
ЎЗO‘Z

Qibrayda yiliga 1000 tonna oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona qurilmoqda

05 iyun, 07:00 2 204 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qibrayda yiliga 1000 tonna oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona qurilmoqda Toshkent viloyatining Qibray tumanida yiliga 1000 tonna oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona qurilmoqda. Loyiha qiymati 10 mln dollar bo‘lib, 100 foiz filippinlik investor tomonidan moliyalashtirilmoqda. Viloyat hokimi Rustam Xolmatov 4 iyun kuni korxona qurilishi bilan tanishdi.

“Mazkur qo‘shma korxonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya yo‘naltirilgan. Loyihaning xorijiy investori – Filippinning “LIWAYWAY LTD GROUP” korxonasi hisoblanadi. Korxona loyihasi Filippinda ishlab chiqilgan bo‘lib, u “Nilem Proekt Stroy” MCHJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi shaharsozlik normalari va qoidalariga moslashtirilgan.

10 mln AQSH dollari miqdoridagi investitsiya evaziga bunyod etilayotgan loyiha uchun Qibray tumani hokimi qarori bilan 1,3 gektar yer ajratilgan, bu yerda 4700 kv.metr qurilish osti binolari hamda 2500 kv.m yangi binolar (ofis va yotoqxona) qurilishi rejalashtirilgan.

Korxona to‘liq quvvat bilan ishga tushganida 300 ta ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Birinchi bosqichda, ya’ni 2020 yilda 50 ta ish o‘rni yaratiladi”, deydi Qibray tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Habibulla Sa’dullayev.

Qayd etilishicha, korxonada yiliga 1000 tonna oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish mo‘ljallangan. Yiliga kamida 1 mln dollarlik mahsulot eksport qilishni rejalashtirgan korxona shu yilning sentabrida faoliyat boshlashi kutilmoqda.

Viloyat hokimi Rustam Xolmatovning topshirig‘iga binoan korxonani belgilangan muddatda ishga tushirishga ulgurish uchun ishlar ikki smenada tashkil etiladigan bo‘ldi. Qurilish karantin talablariga rioya qilgan holda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi qat’iy ta’kidlandi”, deydi Habibulla Sa’dullayev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 44
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 134
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 263
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 76
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 113
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 6
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 24
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 75
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 24
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 63
  • Bo‘limlar