“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 08:56
ЎЗO‘Z

Ohangaron shahriga yangi hokim tayinlandi

04 iyun, 20:30 2 513 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ohangaron shahriga yangi hokim tayinlandi Akrom Eshonqulov / Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Shaharni qariyb uch yil boshqargan Odiljon Jo‘rayev lavozimidan ozod etilib, o‘rniga shaharning sobiq hokimi Akrom Eshonqulov tayinlandi.

4 iyun kuni Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi. Kun tartibidagi masala bo‘yicha viloyat hokimi Rustam Xolmatov nutq so‘zladi.

«Viloyat hokimi o‘z so‘zida shaharda keyingi paytda yig‘ilib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, xususan, aholi bandligini ta’minlash sohasida to‘planib qolgan masalalar, qulay tadbirkorlik muhitini yaratish bo‘yicha joriy islohotlarni o‘z vaqtida va yuqori saviyada ijro etish singari masalalarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tanqidiy tahlil qildi», – deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida.

Sessiyada Ohangaron shahar hokimi Odiljon Jo‘rayev lavozimidan ozod etilgan.

Rustam Xolmatov Ohangaron shahri hokimi lavozimiga Eshonqulov Akrom Jo‘rayevich nomzodini tavsiya qilgan, nomzod ochiq ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlangan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati
Ma’lumot uchun, Akrom Eshonqulov 1976 yil 16 fevralda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida tug‘ilgan. G.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot akademiyasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Mutaxassisligi – iqtisodchi.

Eshonqulov mehnat faoliyati davomida davlat boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda, jumladan Toshkent viloyati hokimligi axborot tahlil guruhi rahbari, Ohangaron tumani hokimining birinchi o‘rinbosari – shahar hokimi, Ohangaron tumani hokimi v.v.b. lavozimida ishlagan.

Akrom Eshonqulov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Vazirlar Mahkamasi Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘limining Olmaliq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Ohangaronga 2017 yilda viloyat bo‘ysunidagi shahar maqomi qaytarilgan, tumandan alohida holda shaharga Odiljon Jo‘rayev hokim etib tayinlangan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 194
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 53
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 67
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 1
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 52
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar