“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 18:24
ЎЗO‘Z

Kasbiy va ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi ma’lum qilindi

04 iyun, 16:45 2 898 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kasbiy va ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi ma’lum qilindi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov 2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarda kirish imtihonlari qanday tartibida o‘tkazilishi haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning o‘tkazilish sanasi quyidagicha:
– test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun 11 iyuldan 20 iyulgacha;
– test topshirilmaydigan, alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun 25 iyuldan 10 avgustgacha imtihonlar o‘tkaziladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish uchun oliy ta’lim muassasalarining hududiy sayyor qabul komissiyalari tashkil etiladi. Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishiga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi saytida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning qaysi viloyatda qachon va qaysi binoda o‘tkazilishi ma’lum qilinadi. Abituriyent o‘zi hujjat topshirgan OTM saytiga kirib, qachon va qayerga imtihon topshirishi kerakligi haqida bilib olishi mumkin”, deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Karantin cheklovlari davom etgan taqdirda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtirilgan tarzda tuziladi. Bunda abituriyent oliy ta’lim muassasasiga imtihon topshirish uchun bir marta kelishi ta’minlanadi, barcha topshiriqlar bir kun ichida topshiriladi. Imtihonlarning davomiyligi bir soatdan oshmasligi ta’minlanadi.

Milliy rassomchilik va dizayn institutida ijodiy imtihonlar uchun 2 soat vaqt ajratilishi mumkin.

Odatda bizda imtihonlar uch bosqichda o‘tardi – qalam-tasvir, rang-tasvir va kompozitsiya. Bu yili tartibni soddalashtirgan holda faqat kompozitsiya fanidan imtihon topshirish kerakligi belgilandi. Ammo ijodiy soha bo‘lganligi uchun abituriyentga kompozitsiya chizishi uchun kamida 2 soat kerak bo‘ladi. Imkoni bo‘lsa, 2 soat belgilansa, abituriyentlarga qulaylik bo‘lardi”, dedi Milliy rassomchilik va dizayn instituti rektori Nodirbek Sayfullayev.
ijodiy imtihon, kasbiy




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 1
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 16
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 63
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 74
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 48
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 155
  • So'nggi yangiliklar
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 2
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 1
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 16
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 56
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 39
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 175
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 21
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 158
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 38
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 56
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 102
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 288
  • Bo‘limlar