“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 18:06
ЎЗO‘Z

Sirdaryoda shifokorlar mast kishilar tomonidan ayovsiz kaltaklandi

04 iyun, 14:30 3 154 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sirdaryoda shifokorlar mast kishilar tomonidan ayovsiz kaltaklandi Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumanida tez tibbiy yordam shifokorlari mast fuqarolar tomonidan kaltaklandi. Bu haqda Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

«Joriy yilning 4 iyun sanasi Sayxunobod tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga qarashli «Birlashgan» tez tibbiy yordam shaxobchasi navbatchi vrachi va navbatchi feldsherini hech yodidan chiqmaydigan bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazning Sirdaryo viloyat filialida o‘rnatilgan «Call» markaziga Sayxunobod tumani Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro A.B.ni tobi qochganligi bois o‘sha mahalla hududidan o‘tuvchi kanal bo‘yiga tez tibbiy yordam so‘rab tungi soat 00:13 da murojaat qilishdi.

Natijada Respublika shoshilinch yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyat filiali tez tibbiy yordamning «Call» markazi chaqiruvni Sayxunobod tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga qarashli «Birlashgan» tez tibbiy yordam shaxobchasiga uzatgan.

Guliston shahridagi Tez tibbiy yordamining «Call» markaziga kelib tushgan chaqiriqqa asosan «Birlashgan» tez tibbiy yordam shoxobchasining 20 382 MAA raqamli «Damas» rusumidagi tez tibbiy yordam avtomashinasida navbatchi vrach J.O. va navbatchi feldsher V.N.lar chaqiriq manziliga tungi soat 00:21 da yetib borishadi.

Chaqiriq manzilida esa 6 nafar mast holatdagi fuqarolar kutib olishadi va yetib kelgan navbatchi feldsher va navbatchi vrachni mashinadan tushishi bilan sababsiz kaltaklashadi. Natijada 1992 yilda tug‘ilgan navbatchi vrach J.O. «BMYOJ Bosh miya chayqalishi. O‘ng qosh sohasi ezilgan-yirtilgan jarohati. O‘ng ko‘z paraorbital gematomasi. Ko‘krak qafasi o‘ng tomonlama yumshoq to‘qimasi lat yeyish» tashxisi bilan hamda 1976 yilda tug‘ilgan navbatchi feldsher V.N. «BMYOJ. Bosh miya chayqalishi. O‘ng qo‘l V-kaft suyagining asosidan yopiq sinishi. Chap chakka sohasi burun va chap yonoq sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi. Yuqori lab ichki va tashqi yuzasi teri osti gematomasi. O‘ng ko‘z pastki qovoq sohasi yumshoq to‘qimasi lat yeyishi» tashxisi bilan Sayxunobod tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga tungi soat 02:00da yotqizildi.

Tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi shifokorlari vrach J.O. va navbatchi feldsher V.N.ga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Ushbu hodisa ishtirokchisi bo‘lgan 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.Q. va A.B.larni tungi soat 02:00 da tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari Sayxunobod tumani TTB olib kelishganida ular o‘ta mast holatda bo‘lgan.

Mast holatida bo‘lgan 1973 yilda tug‘ilgan A.B.ning o‘ng tizza bo‘g‘imi sohasi yumshoq to‘qimasi lat yeyishi va shilingani bois unga tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi navbatchi shifokori, vrach-xirurg Jo‘raboy Ashirov tomonidan ambulator yordami ko‘rsatildi.

Ayni chog‘da ushbu holat yuzasidan Sayxunobod tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 47
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 237
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 192
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 254
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 50
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 82
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 241
  • Bo‘limlar