“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:03
ЎЗO‘Z

Nega telefonlarga ogohlikka da’vat etuvchi SMS-xabarlar kelmay qo‘ygani tushuntirildi

04 iyun, 10:30 2 377 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nega telefonlarga ogohlikka da’vat etuvchi SMS-xabarlar kelmay qo‘ygani tushuntirildi AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Nega telefonlarga ogohlikka da’vat etuvchi SMS-xabarlar kelmay qo‘ydi? Odamlar niqob, antiseptiklar, qo‘lni sovunlab yuvish to‘g‘risida eslatib turilmasa ehtiyotkorlikni unutishmoqda?
To‘g‘ri, telefonlarga SMS-xabarlar kelishi to‘xtadi, lekin buning o‘rniga OAV orqali muntazam targ‘ib qilinmoqda.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ulug‘bek shaharchasi qizil hududga kiritilgani uchun shifokorlar qabuliga borolmayapmiz. Oilaviy poliklinika ishlamayapti. Yaqin oradagi tibbiyot muassasalari tibbiy xizmat ko‘rsatishdan bosh tortishdi. Turmush o‘rtog‘imga tashxis qo‘yilishi uchun tahlil topshirishlari zarur?
Agar turmush o‘rtog‘ingizda biror o‘tkir kasallik bor bo‘lib, unga tez tibbiy yordam zarur bo‘lsa tez yordam mashinasini uyga chaqiring.
Har qanday vaziyatda ham tuman tibbiyot birlashmasi sizning muammongizni yechishi lozim.

Oliy toifali shifokorman. Karantin tufayli aprel oyida toifamni qayta tasdiqlata olmadim. Toifa muddati tugaganligi sabab maoshimni qisqartirishdi. Endi toifamiz ham pasaytiriladimi?
Bu masala bilan SSV attestatsiya komissiyasi shug‘ullanyapti. O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasiga takliflar kiritilgan, yaqin kunlarda aniq javobni e’tiboringizga yetkazamiz.

Tahlil natijasidagi 1 marta xatolik, 2- natijada manfiy bo‘lsa karantinda ushlab turish mumkinmi?
Agar birinchi marta koronavirusga topshirgan tahlil natijasi musbat chiqqan bo‘lsa kasalxonada nazoratda bo‘lishi kerak, ikkinchi marta tahlil natijasi manfiy chiqsa ham 14 kun nazoratda bo‘ladi.

Koronavirusga chalinganlarning ko‘pchiligi xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar. Ularning vaqtida karantinga olinishi ta’minlanyaptimi?
Ha, epidemik noxush davlatlarga borib kelgan barcha shaxslar 14 kun muddatga karantinga olinyapti.

Ko‘plab virus tashuvchisi bo‘lgan hasharotlar (burga, chivin) koronavirus tashuvchisi bo‘lishi mumkinmi?
Yo‘q, bu hasharotlar koronavirus infeksiyasi tashuvchisi bo‘lishmaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 52
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 180
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar