“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 17:06
ЎЗO‘Z

Olimlar koronavirusga chalingan ayrim bemorlarda hid bilish qobiliyati nima uchun yo‘qolib qolayotganini aniqladi

04 iyun, 09:47 2 867 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar koronavirusga chalingan ayrim bemorlarda hid bilish qobiliyati nima uchun yo‘qolib qolayotganini aniqladi Foto: The Telegraph
Monell Chemical Senses Center – AQSHning Pensilvaniya shtatidagi tadqiqot markazida koronavirus bilan kasallangan bemorlarda hid bilish qobiliyatining yo‘qolishi sabablari o‘rganildi. Aniqlanishicha, inson organizmi virusdan himoyalanish uchun ushbu sezgining ishlashini bloklaydi. Tadqiqotchilarning taxminiga ko‘ra, hid bilish haqida miyaga axborot uzatuvchi retseptorlar o‘zini o‘zi yo‘q qiladi va ushbu yo‘l bilan infeksiya tarqalishiga qarshi kurashadi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar qilgan.

Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlarning aksariyati kasallikning ikki haftalik davrida COVID-19 belgilari yo‘qolgani, biroq hid bilmayotganidan shikoyat qilmoqda. Ko‘pincha hid sezish bir necha oydan keyin qayta tiklanadi, lekin bu jarayon hammada ham ro‘y beravermaydi. Mutaxassislar ayrim bemorlar ushbu qobiliyatni butun umrga yo‘qotishi mumkinligi haqida xavotir mavjudligini bildirgan.

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar hid bilmay qanday yashash mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bayon etgan. Ulardan biri ovqat hidini his etmayotgani uchun vazn yo‘qotganini aytgan bo‘lsa, yana boshqasi uyda yolg‘iz qolishdan qo‘rqishi, sababi gaz hidi yoki tutun isini anglay olmasligidan xavotirlanayotganini aytib o‘tgan.

Olimlar koronavirusning yangidan yangi belgilarini topmoqda, ayrimlari xavfsiz, boshqalari esa yetarli darajada xavfli. Avval olimlar COVID-19’ning asosiy belgisi pnevmoniya, ya’ni o‘pka yallig‘lanishi emas, balki giperkoagulyatsiya – organizmdagi barcha tomirlarda qonning quyulib ketishi, jumladan, buning o‘pka faoliyatiga salbiy ta’sirini aniqlagandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 40
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 52
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 184
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 110
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 128
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 93
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 40
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 218
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar