“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:33
ЎЗO‘Z

30 kishilik to‘y o‘tkazish tartibi qanaqa bo‘ladi?

03 iyun, 23:45 4 932 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
30 kishilik to‘y o‘tkazish tartibi qanaqa bo‘ladi? AOKA shtabiga kelib tushgan savolga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva javob berdi:

— Yurtimizda karantin e’lon qilingandan so‘ng to‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazish taqiqlanganidan xabardormiz. Ammo yaqinda 30 kishilik to‘y qilishga ruxsat berilgani haqida eshitdim. Shu haqida to‘liq ma’lumot bersangiz. Bu to‘yda xizmat qiluvchi xonandalar ham 30 kishilik tarkibga kiritiladimi?

— Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 2020 yil 1 iyundan boshlab "yashil" hududlarda bir qator faoliyat turlari qatorida oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berildi. Bunda tantana va marosimlar faqatgina fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazilishi majburiydir.

Belgilangan 30 kishilik tarkibga birinchi navbatda, oilaviy tantana va to‘y egalari, ma’raka va marosim tashkil etuvchilar, ularning yaqin qarindoshlari, qo‘ni-qo‘shnilarning kam sonli vakillari kiritiladi. Shuningdek, oilaviy tantana va to‘y egalarining istaklariga ko‘ra, ishtirokchilar sonidagi cheklov doirasida xonanda va boshqa xizmatlarni bajaruvchi xodim qatnashishi mumkin.

Oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda quyidagilarga qat’iy amal qilish talab etiladi:
- oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni faqat Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan “yashil” toifadagi hududlarda o‘tkazish (dafn marosimlari bundan mustasno);
- “yashil” toifadagi hududlarda o‘tkaziladigan oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarda ishtirokchi etuvchilar sonini 30 kishidan oshirmaslik;
- Oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etish.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 47
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 217
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 304
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar