“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 03:57
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: «Barcha choralarni ko‘rgan holda, buyum bozorlari faoliyatiga ham ruxsat bera boshlaymiz»

03 iyun, 21:43 3 673 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha choralarni ko‘rgan holda, buyum bozorlari faoliyatiga ham ruxsat bera boshlaymiz» Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 iyun kuni kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bosqichma-bosqich tashqi turizm va buyum bozorlari faoliyatiga ham ruxsat berila boshlanishini ma’lum qildi.

«1 iyundan boshlab ichki turizm rivojlanishiga e’tibor berdik. Shu bilan birga, tashqi turizmni ham, qayerda bizni qabul qilishga tayyor bo‘lsa, biz ham tayyor bo‘lamiz, darrov samolyotlarimizni uchiramiz. Mana, Turkiya bilan ham gaplashyapmiz, ular tashqi turizmni ochgach, biz ham ochamiz.

Shu bilan birga, odamlar menga juda ko‘p xatlar yozyapti, buyum bozorlarni ham ochish bo‘yicha. Shuning uchun hamma choralarni ko‘rib, buyum bozorlarga ham ruxsat berishni boshlaymiz.

Alohida reja qilib, Milliy gvardiya, ichki ishlar va mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda buyum bozorlarni ham... Darrov hammasini ochmasdan, yengillashtirish choralarini ko‘rib chiqish kerak. Lekin biz albatta karantinga juda katta e’tibor qaratamiz
», – dedi Mirziyoyev.

Davlat rahbari shu sharoitda ishlash va yashashga o‘rganish zarurligini qayd etdi.
«Boshqa yo‘limiz yo‘q. Ish uslubimiz shunday bo‘lishi kerak. 50 foiz karantin, 50 foiz iqtisodiyot», – ta’kidladi prezident.

Eslatib o‘tamiz, 1 iyundan boshlab «yashil» va «sariq» hududlarda ichki turizm va sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyatiga ruxsat berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 52
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 283
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 90
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 100
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar