“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 08:25
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan 30 kishilik to‘ylar (video)

03 iyun, 20:39 5 063 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan 30 kishilik to‘ylar (video) O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasining tarqalishining oldini olish maqsadida 23 martdan e’tiboran ommaviy tadbirlar, xususan, to‘y-marosimlarning o‘tkazilishi taqiqlangan edi. Ushbu taqiqdan so‘ng to‘y marosimlarini o‘tkazishga uringanlarga nisbatan hatto jinoyat ishi ham qo‘zg‘atildi.

Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashib, nisbatan nazorat ostiga olingach, Respublika maxsus komissiyasining 30 maydagi qarori bilan «yashil» toifaga kiritilgan hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazishga ruxsat berildi.

Ruxsat tegishi bilan, masalan, 1 iyun kuni Olmaliqda karantin talablari asosida, ko‘pi bilan 30 kishi ishtirokida o‘tkazilayotgan to‘yning suratlari tarqaldi. So‘nggi kunlarda esa mamlakatning turli nuqtalaridagi «yashil» hududlarda 30 kishi ishtirokida o‘tkazilayotgan marosimlari tarqaldi.

pic.twitter.com/UittNMFtXe

— Shukhrat (@bankir2102) June 3, 2020

Foydalanuvchilar ularning ayrimlarini 1990 yillarda hovlilarda o‘tkazilgan to‘ylarga o‘xshatgan, boshqalar esa tor doiradagi marosimni ham 300 kishilik to‘y muhitida o‘tkazishga ishtiyoq topa olayotganlarni olqishlagan.

pic.twitter.com/Dz1CRerbaQ

— Shukhrat (@bankir2102) June 3, 2020

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yana bir videoda marosim ishtirokchilari ayniqsa bolalar hisobiga ruxsat etilganidan ko‘proqdek ko‘rinadi. Bunga: «12 yoshdan kichik bolalar 30 kishiga qo‘shilmaydi», deya hazil aralash munosabat bildirilgan.

pic.twitter.com/lqk39fjMzB

— Shukhrat (@bankir2102) June 3, 2020

Yana bir guruh foydalanuvchilar koronavirus jamiyat hayotining ko‘plab jihatlariga salbiy ta’sir qilgan bo‘lsa-da, o‘zbek xalqini «to‘y balosi»dan qutqarishda juda qo‘l kelganini, bunday kamchiqim va tartibli to‘y o‘tkazish an’anasini karantindan keyin ham saqlab qolish lozimligini ta’kidlagan.

pic.twitter.com/mWyPObryl0

— Shukhrat (@bankir2102) June 3, 2020

Ma’lumot uchun, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, «yashil» hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida, faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar bilan, sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat beriladi.

O‘z navbatida karantin davrida oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishning belgilangan talablarini buzgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 70
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 342
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 234
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • Bo‘limlar