“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 05:36
ЎЗO‘Z

Chilonzor tumanida militsiya xodimlari fuqaroni avtobusga olib chiqishga urinishayotgan holati videosi yuzasidan tushuntirish berildi

03 iyun, 18:39 3 113 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chilonzor tumanida militsiya xodimlari fuqaroni avtobusga olib chiqishga urinishayotgan holati videosi yuzasidan tushuntirish berildi Video lavha yuzasidan holat o‘rganilib, unga ko‘ra, Zangiota tumani “Qizil” hududlar toifasiga kiritilganligi bois, aholini xavfsizligini ta’minlash va koronavirus pandemiyasi tarqalib ketishini oldini olish maqsadida tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga muntazam targ‘ibot ishlari olib borilgan.

Shu munosabat bilan tumandagi mavjud bozor va savdo komplekslari ogohlantirilgan hamda hozirgi kunda ularning ish faoliyati to‘xtatilgan.

Shunga qaramasdan, Zangiota tumani, Eshonguzar hududi, katta xalqa yo‘li yoqasida karantin talablari va sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya etmasdan, hududda harakatlanayotgan transport vositalarining qatnoviga noqulaylik keltirib, noqonuniy ravishda savdo faoliyati bilan shug‘ullangan.

Belgilanmagan joylarda noqonuniy faoliyat yuritish natijasida sotuvchilar tomonidan o‘zlari va fuqarolar hayoti xavf ostiga qo‘yilgan.
Holat yuzasidan Zangiota tumani davlat soliq inspeksiyasi va ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Nazorat tadbiri davomida fuqarolardan jami 278 dona qiymati 3,0 mln.so‘mdan iborat bo‘lgan tovar moddiy boyliklari daliliy ashyo sifatida olinib, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Sud organlariga yuborilgan.

Shuningdek, 2020 yil 1 iyun kuni o‘tkazilgan navbatdagi hamkorlik tadbirida ham yuz nafardan ortiq noqonuniy ravishda tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar tuman ichki ishlar va soliq inspeksiyasi xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, tartibsizlik keltirib chiqargan.

Fuqarolarning karantin davrida o‘rnatilgan tartibga qat’iy rioya etishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 79
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 46
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 74
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar