“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 21 2024, 06:06
ЎЗO‘Z

Qashqadaryoda qo‘l siqib so‘rashish pichoqbozlikka olib keldi

03 iyun, 13:47 4 092 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qashqadaryoda qo‘l siqib so‘rashish pichoqbozlikka olib keldi 2020 yilning 28 may kuniga o‘tar kechasi soat 03:00da 33 yoshli R.N. boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli avtomashinasida jiyani, 22 yoshli U.Sh. va tanishlari, 26 yoshli P.Sh., 25 yoshli Sh.Q. va 26 yoshli I.S.ni yashash uyiga tashlab ketish uchun Qashqadaryo viloyati Koson tumani Obod ko‘chasida avtomashinani to‘xtatgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarigako‘ra, R.N. ular bilan xayrlashayotgan vaqtida, ularning ortidan o‘zlariga oldindan tanish bo‘lgan, 20 yoshli O.D. boshqaruvida bo‘lgan “VAZ 2106” rusumli avtomashinasida o‘zining tanishlari 22 yoshli I.X., 21 yoshli O.R., 19 yoshli B.N. va 22 yoshli D.F. bilan birga kelib, o‘zaro bir-birlari bilan salom-alik qilayotgan vaqtida Sh.Q. O.D.ning qo‘lini siqib ko‘rishib, hech bir sababsiz, biqin sohasiga bir mushti bilan urganligi sababli, O.D. o‘z navbatida mushti bilan Sh.Q.ning yuz qismiga bir musht urib yiqitgan.

Ushbu holatdan so‘ng, yiqilgan Sh.Q.ning tanishi, mast holatda bo‘lgan I.S. Sh.Q.ni urib yiqitgan O.D.ning mast holatdagi tanishi I.X. bilan o‘zaro janjallashib qolib, natijada I.X. yonida olib yurgan oshxona pichog‘i bilan I.S.ning chap tomon yelka orqa sohasiga bir marotaba sanchib olib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada, I.S. tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (badanga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda holat yuz bergan vaqtda shu yerda bo‘lgan barcha shaxslar bilan tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi 20 sen, 21:47 12
  • Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi 20 sen, 21:00 21
  • Ona duosini olmagan kishining nadomatlari (Hayotiy hikoya) 20 sen, 20:30 17
  • Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi 20 sen, 20:05 9
  • Ikki murg‘ak qalb onasi bilan uyga kiritildi 20 sen, 18:00 16
  • M25 konida halok bo‘lganlarning yaqinlari: “Yigitlarni o‘limning og‘ziga olib borishgan” 20 sen, 17:30 51
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron Haniyaning o‘limi uchun Isroilga tez orada javob berishga va’da berdi 20 sen, 23:34 16
  • Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin 20 sen, 23:19 13
  • Xose Venansio Lopes: "Ropiyevning qizil kartochkasi barchasini o‘zgartirib yubordi. Men shartnomamni shu yerda yakunlayman" 20 sen, 23:12 14
  • Sergey Lushchan: "O‘yinimiz "nol". Hujumga deyarli o‘ta olmadik" 20 sen, 22:54 7
  • Zelenskiy: Ikkinchi tinchlik sammiti urushga chek qo‘yishi kerak 20 sen, 22:30 7
  • Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi 20 sen, 22:08 9
  • Futzal. O‘zbekiston Kosta-Rikaga ham mag‘lub bo‘lib, turnirni guruh bosqichida yakunladi 20 sen, 22:03 7
  • O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi 20 sen, 21:47 12
  • Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi 20 sen, 21:23 14
  • Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi 20 sen, 21:00 21
  • Ona duosini olmagan kishining nadomatlari (Hayotiy hikoya) 20 sen, 20:30 17
  • Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi 20 sen, 20:05 9
  • Bo‘limlar