“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 21:11
ЎЗO‘Z

Toshkent va Buxoroda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi

03 iyun, 04:49 2 656 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent va Buxoroda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi 2 iyun kuni O‘zbekistonda jami 58ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 49 bemor tuzaldi. Shu vaqtgacha 2908 kishi sog‘aygan, ayni vaqtda shifoxonalarda 837 bemor davolanmoqda.

Yangi holatlar 6 hududda - Toshkent shahri, Toshkent, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Namangan viloyatlarida aniqlandi. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilishi va sog‘ayishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar jadvalini keltirdi.

58ta yangi kasallanish holatining 8tasi aholi orasida qayd etilgan.

Aholi orasida
Toshkent shahrida aholi orasida 4ta yangi kasallanish holati qayd etildi. Shundan 2 holat Yashnobod tumani hududida aniqlangan.

Buxoro viloyatida ham aholi orasida 4ta holat qayd etilgan - ular koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqot tufayli virus yuqtirib olishgan. Bugundan viloyatning ikki tumanida - Shofirkon va G‘ijduvonda shaxsiy transportda harakatlanishga taqiq qo‘yildi. Viloyat hokimligi ushbu tumanlarni «qizil» hudud sifatida belgilashga qaror qilgan. Kogon tumani esa «sariq» hudud bo‘ladi.

Karantinda
Toshkent viloyatida karantin markazida 30 kishida virus aniqlandi. Shundan 13 nafari Qozog‘istondan, 10 nafari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan, 7 nafari Tojikistondan kelgan.

Shuningdek, Navoiy viloyatida karantinga olinganlar orasida 7 kishida va Toshkent shahrida karantinga olinganlar orasida 3 kishida virus chiqqan.

Haydovchilar
Bugun shuningdek, xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari bo‘lgan 10 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi. Jumladan, Namangan viloyatida 1, Toshkent viloyatida 5, Sirdaryo viloyatida 1, Buxoro viloyatida 3 nafar haydovchi.

Tuzalganlar
Bugun Navoiy viloyatinng Zarafshon shahrida 42 bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Shuningdek, Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalaridan 7 kishi sog‘ayib chiqdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 3760ta holatdan 2908 bemor sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 837 nafar bemordan 10 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Toshkent, Buxoro, koronavirus




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 0
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 0
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 80
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 79
  • So'nggi yangiliklar
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 0
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 0
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 0
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 0
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 1
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 95
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 80
  • Bo‘limlar