“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:49
ЎЗO‘Z

«Avto 60 oy» ishi bo‘yicha tergov yakuniga yetdi (video)

02 iyun, 22:17 4 243 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Avto 60 oy» ishi bo‘yicha tergov yakuniga yetdi (video) «Avto 60 oy» MCHJning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish bo‘yicha dastlabki tergov yakuniga yetdi. Ular soxta tadbirkorlik, pul mablag‘larini noqonuniy jalb etish, firibgarlik va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.

«Avto 60 oy» kompaniyasining mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish bo‘yicha dastlabki tergov yakuniga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ish bo‘yicha J. B., O. M., E. Q., M. X. va M. G. ayblanmoqda. Tergov ularning 2018−2019 yillarda CATALEA MEDIA va «Avto 60 oy» kompaniyalariga asos solib, aholidan UzAuto Motors avtomobillarini dastlabki to‘lov va foizlarsiz bo‘lib to‘lashga sotib olish uchun pul to‘plagan. Buning uchun fuqarolarga mashina rusumidan kelib chiqqan holda 2 mln so‘mdan 10 mln so‘mgacha qiymatdagi maxsus flayerlarni sotib olish taklif qilingan.

Bu vaqt davomida «Avto 60 oy» 19,3 ming mijoz bilan shartnoma tuzib, 54,3 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ jalb qilgan, ushbu pullarning bir qismi kompaniya hisobiga kiritilgan bo‘lsa, bir qismi shaxsiy ehtiyojlar uchun sarflab yuborilgan. Tergov davomida yetkazilgan 47,7 mlrd so‘mlik moddiy zararning 36,8 mlrd so‘mi qoplangan.

J.B., O.M., E.Q., M.X.,ga Jinoyat kodeksining 179-modda (Soxta tadbirkorlik), 1881-moddasi 3-qismi «a,v» bandlari (Pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat), 184-moddasi 2-qismi «a» bandi, 184-moddasi 3-qismi (Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 168-moddasi 4-qismi «a,v» bandlari (Firibgarlik) va 243-moddalari (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan ayblov e’lon qilindi.

M.G.,ga nisbatan esa JKning 179-modda, 1881-moddasi 3-qismi «a,v» band, 184-moddasi 2-qismi «a» bandi, 184-moddasi 3-qismi, 168-moddasi 4-qismi «a,v» bandlari, 243-modda, 167-moddasi, 2-qismi «a, v, g» bandlari (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi 2-qismi «b» bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 228-moddasi 3-qismlari bilan avvalgi ayblov to‘ldirilib, shu kuni dastlabki tergov harakatlari tamomlangan.

«Avto 60 oy» mansabdor shaxslariga qarshi jinoiy ish o‘tgan yilning oktabr oyida qo‘zg‘atilgan edi.
Avto 60 oy, Firibgarlik




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 40
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 233
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 190
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 252
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar