“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 18:51
ЎЗO‘Z

«Ayb to‘liq menda, jahlimni jilovlay olmadim» – Toshkent viloyati SEOM sobiq bosh vrachi

02 iyun, 21:00 3 367 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Ayb to‘liq menda, jahlimni jilovlay olmadim» – Toshkent viloyati SEOM sobiq bosh vrachi Ijtimoiy tarmoqlarda o‘z xodimlarini kabinetiga chaqirib so‘kayotgan oq xalatli rahbarning videosi tarqaldi. Tez orada video «qahramoni» Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboyev ekani ma’lum bo‘ldi.

Natijada Baxtiyor Boltaboyev Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentlik direktori Bahodir Yusupaliyevning buyrug‘i bilan vazifasidan ozod etildi.

Toshkent viloyati hokimligi rasmiy munosabatida voqea «rahbar, tibbiyot sohasi vakili uchun sharmandali hol», deya baho berilgan.
Kun.uz muxbiri Baxtiyor Boltaboyev bilan bog‘lanib, holatga munosabat bildirishini [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9rdW4udXovbmV3cy8yMDIwLzA2LzAyL2F5Yi10b2xpcS1tZW5kYS1qYWhsaW1uaS1qaWxvdmxheS1vbG1hZGltLXRvc2hrZW50LXZpbG95YXRpLXNlb20tc29iaXEtYm9zaC12cmFjaGk%3D]izoh so‘radi[/leech].

– Baxtiyor aka, xodimlarni bu qadar uyatli so‘zlar bilan siylashingizga nima sabab bo‘ldi?
– Boshidanoq aytay, ayb to‘liq menda, jahlimni jilovlay olmaganimda va xodimlarimga nisbatan rahbar hamda insoniy jihatdan to‘g‘ri muomala qilmaganimda. Mana shu xatom tufayli sharmanda bo‘ldim.

Aynan voqea qanday yuz berganiga kelsak, hozirgi kunda pandemiya tufayli uzluksiz ishlayotganimizdan, bizning tizimimizda ish hajmi keskin oshganidan xabaringiz bor. O‘rtasaroydan [karantin hududidan] virusga oid tahlillarni olib kelib tekshirishimiz kerak edi. Bu ma’lumotlar zudlik bilan vazirlik va tegishli tashkilotlarga taqdim etilishi lozim edi. Shu narsa vaqtida bajarilmagan, xodimlar sustkashlikka yo‘l qo‘yishgan. Ruhiy va jismoniy zo‘riqish, vaziyatdan kelib chiqib jahlim chiqqani ana shu so‘zlarni ishlatishimga sabab bo‘ldi.

Yana qaytaraman, bu yerda meni oqlaydigan jihat yo‘q, holat sabablarini aytyapman.

– Holatni videoga olgan xodimingiz kimligini bildingizmi? Unga nimalar dedingiz?
– U xodim kimligini bildim, lekin hech qanday zug‘um o‘tkazmadim. 2017 yildan beri shu lavozimda ishlayman, jamoamiz nomiga dog‘ tushdi, endi buni yuvish kerak bo‘ladi.

– Kasaba uyushmasini ham «eslab» o‘tgansiz.
– Ulardan alohida uzr so‘rayman. Umuman, barcha xodimlardan, tizimimiz vakillaridan kechirim so‘rayman, bu holat boshqa qaytarilmaydi. Jazoga tayyorman, juda xunuk ish bo‘ldi...

Abror Zohidov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 161
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 309
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 93
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 44
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 60
  • Bo‘limlar