“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 02:29
ЎЗO‘Z

Qashqadaryoda IIB xodimi tungi reyd vaqtida fuqaroni tepdi

01 iyun, 23:30 3 141 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qashqadaryoda IIB xodimi tungi reyd vaqtida fuqaroni tepdi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati Qashqadaryo viloyati Koson tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlari va fuqarolar o‘rtasidagi kelishmovchilik aks etgan videotasvir yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda do‘kon oldida ichki ishlar xodimlari va fuqarolar o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqani, shu vaqtda xodimlardan biri fuqaroni kuch bilan tepganini ko‘rish mumkin. Vazirlik Koson tumanida IIB xodimi fuqaroga nisbatan noqonuniy ravishda kuch ishlatganini tasdiqlagan.

Voqea 30 may, shanba kuni soat 21:40 da Koson tumanining «Nihol» mahallasidagi «Nihol Said Baraka» do‘koni oldida IIB xodimlari aholining karantin qoidalariga amal qilishini tekshirish maqsadida o‘tkazayotgan tungi reyd vaqtida yuz bergan.

«Viloyat IIB tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimi qonunda belgilangan vazifasidan chetga chiqib, shu mahallada yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan X.M.ga nisbatan noqonuniy ravishda kuch ishlatib, uning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazgan», deyiladi IIV xabarida.

IIV O‘z xavfsizligi xizmati Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi tomonidan holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Tadbir ishtirokchilarining har birining xatti-harakatlariga qonuniy baho berilishi ta’kidlangan.

Ushbu holat videosi tarqalgach ijtimoiy tarmoqlarda fuqaroga kuch ishlatgan xodim Milliy gvardiya xizmatchisi ekani aytilgandi. Keyinroq Milliy gvardiya matbuot xizmati surishtiruv o‘tkazib, videotasvirlarda «qonun himoyasida turib, o‘zi esa qonunni buzayotgan» deb iddao etilayotgan xodim Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi emasligi aniqlangani haqida xabar bergandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 42
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar