“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 12:33
ЎЗO‘Z

«Sariq» va «yashil» hududlarda sport seksiyalari, sport zallari va fitnes klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

01 iyun, 22:18 2 622 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Sariq» va «yashil» hududlarda sport seksiyalari, sport zallari va fitnes klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi Foto: International wealth
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan 1 iyundan «sariq» va «yashil» hududlarda sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyatiga ruxsat berildi.

Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan futbol bo‘yicha xalqaro va ichki musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish hamda ularda qatnashish maqsadida, professional futbol klublariga o‘quv-mashg‘ulotlarni sanitariya qoidalari va gigiyena talablariga muvofiq holda boshlashga, 2020 yil 5 iyundan esa O‘zbekiston professional futbol ligasi musobaqalarini davom ettirishga ruxsat berildi. Albatta, futbol o‘yinlari tomoshabinlar ishtirokisiz o‘tkaziladi.

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan onlayn videokonferensiya Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra «sariq» va «yashil» hududlarda sport mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalariga bag‘ishlandi.

Unda vazirning tegishli buyrug‘iga muvofiq karantin davrida faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublarining faoliyatini tashkil etish bo‘yicha vaqtinchalik talablar o‘qib eshittirildi.

Buyruqqa muvofiq, uch kun muddatda amaldagi karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda «sariq» va «yashil» hududlarda joylashgan sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Qolaversa, sport inshootlari (shu jumladan, ochiq maydonlar)ga kirish-chiqish joylarida fuqarolarning tana haroratini pirometrlarda o‘lchash, 37 daraja va undan yuqori tana harorati bo‘lgan fuqarolarni sport inshootlariga kiritmaslik va bu haqda sog‘liqni saqlash bo‘limlariga xabar berish, sport tadbirlari hamda badantarbiya mashg‘ulotlarini soat 07.30 dan 18.30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida tashkil etishga qat’iy amal qilinadi.

Shuningdek, sport tadbirlarini o‘tkazishda suzish havzalaridan aslo foydalanmaslik hamda sport ta’lim muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘ymaslik ko‘zda tutilgan.

Har bir sport inshootida muntazam ravishda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilib, sport tadbirlari va badantarbiya mashg‘ulotlarini hududlarda o‘tkazish bo‘yicha mahalliy hokimliklar, hududiy sog‘liqni saqlash va ichki ishlar boshqarmalari bilan kelishish, mahallalarga biriktirilgan trenerlar tomonidan reja asosida masofani saqlagan holda mahalliy aholi bilan badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazilishi belgilangan. Bunda sport tadbirlari va badantarbiya mashg‘ulotlari davomida mahalliy aholini bir joyda to‘plamaslik choralari ko‘riladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 60
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 65
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 88
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 138
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 55
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 188
  • Bo‘limlar