“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 11:04
ЎЗO‘Z

Ziroat Mirziyoyeva bolalarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabrikladi

01 iyun, 17:23 2 112 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ziroat Mirziyoyeva bolalarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabrikladi «Zamin» fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva O‘zbekistondagi bolalarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabrikladi.

«Aziz bolajonlar! Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklayman! O‘zbekistonimizning har bir o‘g‘il-qizi tinch-osuda yurtda, ota-onasi bag‘rida, jismu joni salomat bo‘lib ulg‘ayishini tilayman.

1 iyun sanasini bayram qilib nishonlashga o‘rganganmiz. Ammo odatda bolajonlarning quvnoq ovozlari, beg‘ubor kulgilariga to‘la saylgohlar, teatr va konsert zallari bugun huvillab qolgan. Deyarli barcha davlatlarda holat shunday, dunyo bolalari kattalar qatori asosiy vaqtini uyda o‘tkazishga majbur. Ayni o‘ynab, harakat qiladigan yoshda bu oson emas, albatta. Biroq vaziyat shuni taqozo etmoqda.

O‘g‘il-qizlarim.

Tashqi olam bilan bog‘lanish imkoni cheklangan bo‘lsa-da, sizning imkoniyatingiz cheklanmagan! Uyda ham badiiy asar mutolaa qilib, orzu-o‘ylaringizni tasvir yoki musiqada ifodalab, qo‘shimcha fanlar, xorijiy tillar, shuningdek, ona Zaminimizni o‘rganishingiz, internet orqali bilim va tafakkuringizni kengaytirishingiz mumkin.

Afsuski, ayrim insonlarning jismoniy imkoniyatlari boshqalarnikidan bir oz farq qiladi. «Zamin» fondi Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ta’limni rivojlantirish dasturini taqdim etmoqda. Loyiha doirasida maxsus maktablarni zamonaviy yordamchi uskunalar bilan jihozlash, o‘qitish usullarini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

Eng asosiysi, muntazam ravishda jarrohlik amaliyoti yo‘li bilan o‘quvchilarning eshitish qobiliyatini tiklash ustida ish olib boriladi. Bu degani, sog‘lig‘ida muammosi bo‘lgan bolalar xuddi sizga o‘xshab mehribon onajonisi, g‘amxo‘r otasining ovozlarini, atrof-borliqdagi tovushlarni, musiqa ohanglarini eshita oladi, to‘laqonli hayot kechiradi!

«Zamin» fondi, jismoniy holatidan qat’i nazar, barcha bolajonlarga quvonch ulashishga tayyor. Zero, siz ko‘zimiz quvonchi, bizning ertamiz va hayotimiz mazmunisiz!
», deyiladi tabrikda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 0
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 0
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 40
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 60
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 266
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 136
  • So'nggi yangiliklar
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 0
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 0
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 0
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 149
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 40
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 179
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 95
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 190
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 60
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 119
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 131
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 273
  • Bo‘limlar