“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 21:17
ЎЗO‘Z

Qirg‘iziston bilan chegaradagi mojaro sababi ma’lum qilindi

01 iyun, 16:30 2 728 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qirg‘iziston bilan chegaradagi mojaro sababi ma’lum qilindi Foto: RFE / RL
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi 31 may kuni O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi «Chashma» uchastkasida ro‘y bergan mojaro bo‘yicha bayonot berdi.

«Voqea sabablarini ikki tomon rasmiy shaxslari o‘rganishi shuni ko‘rsatdiki, «Chashma» bulog‘ining ariqlarini birgalikda tozalash paytida yuzaga kelgan bahslashuv natijasida ikki mamlakatning ayrim fuqarolari o‘rtasida mojaro kelib chiqqan», deyiladi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabarida.

Hodisa natijasida ikki tomondan ham jabrlanganlar bor. Ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ikki mamlakatning chegaradosh viloyatlari rahbarlarining muzokaralari natijasida vaziyat to‘liq nazoratga olindi. Tomonlar bundan keyin oldindan kelishuvsiz tozalash ishlarini olib bormaslikka kelishib olishgan.

«Ta’kidlash joizki, «Chashma» bulog‘i O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi aholisini ichimlik va sug‘orish suvi bilan ta’minlaydi. O‘zaro manfaatlarni inobatga olgan holda «Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish to‘g‘risida kelishuv mavjud.

2020 yil 1 iyun kuni soat 09:00da O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovning Qirg‘iziston Respublikasi hukumati rahbari v.b. K.Boronov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikka oid keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi. Transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirish va chegarada yuzaga keladigan muammolarni do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida 2017 yil 6 oktabrda imzolangan Chegara hududida ishonch choralari bo‘yicha Bitim qoidalariga muvofiq hal qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Hukumat rahbarlari yaqin vaqt ichida Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va O‘zbekiston Respublikasining chegaradosh viloyatlari hokimlari va Qirg‘iziston hukumatining chegaraoldi hududlaridagi vakolatli vakillari Kengashini o‘tkazishga kelishib oldilar
», deyiladi vazirlik xabarida.

Foto: Qirg‘iziston hukumati
Ikki mamlakat delegatsiyalari rahbarlari birgalikda mahalliy aholi bilan ham uchrashuv o‘tkazgan.



Bundan avvalroq Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi chegaradagi mojarodan so‘ng 25 kishi Ayderken shahridagi kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 0
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 0
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 2
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 11
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 20
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 44
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 0
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 0
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 1
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 2
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 11
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 63
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 20
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 35
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 80
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 93
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 116
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 82
  • Bo‘limlar