“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 04:14
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi mojaro oqibatida 25 kishi jarohat olgan

01 iyun, 14:00 2 683 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi mojaro oqibatida 25 kishi jarohat olgan Foto: ua.kg
Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida chegarada yuz bergan voqea natijasida 25 kishi jarohat olgan, ular Aydarken shahridagi Umumiy amaliyot markaziga yotqizildi. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida yuz bergan hodisa natijasida jabrlanganlar to‘g‘risida shuni ma’lum qiladiki, Aydarken shahridagi Umumiy tibbiy amaliyot markaziga jami 25 nafar kishi yotqizildi. Hozirda turli xil tan jarohatlari olgan to‘rt nafar fuqaro shifoxonada qolmoqda», - deyiladi xabarda.

Ikki kishi reanimatsiyada, ular operatsiyadan keyingi ahvoli shifokorlar tomonidan og‘ir deb baholanmoqda. Ikki kishi jarrohlik bo‘limiga yotqizilgan, ahvoli o‘rtacha og‘irlikda.

Qolgan 21 kishi birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng qoniqarli holatda ambulator davolashga yuborildi.
31 may kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Chashma bulog‘i oldida ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi.

Qirg‘izistonning Botken viloyatiga tutash, Farg‘ona viloyati tarkibidagi So‘x tumanida joylashgan Chashma qishlog‘ida suv uchun katta janjal ro‘y bergan. Ikki qishloq aholisi buloq o‘ziga tegishli ekanini da’vo qila boshlagan.

Internetda tarqalgan videolarda tomonlar bir-birini toshbo‘ron qilgani, chegara simto‘siqlarini ko‘chirib olishga uringanini ko‘rish mumkin.
DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati ushbu hodisa bo‘yicha munosabat bildirdi.

Qirg‘iziston bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov 1 iyun kuni Botken viloyatiga tashrif buyurdi. U O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuv o‘tkazadi va u bilan ikki mamlakatning chegaradosh qishloqlari aholisi o‘rtasida ro‘y bergan mojaroni muhokama qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 30
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 92
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar