“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 15:34
ЎЗO‘Z

Toshkentda koronavirus bemorlarining yana biri vafot etdi

31 мая, 18:47 3 088 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda koronavirus bemorlarining yana biri vafot etdi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan biri o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgani to‘g‘risida ma’lum qildi. Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 15 nafarga yetdi.

«1957 yilda tug‘ilgan poytaxtlik X.da shu yilning 30 may kuni Covid-19 aniqlanib, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan edi. 63 yoshli (ayol) bemor shu yilning yanvar oyida bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) tashxisi bilan davolangan.

Bemorning davolanishi davomidagi kunlik ahvoli mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislari nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar o‘tkazib turilgan. Biroq nevropatolog, kardiolog, virusolog, pulmonolog, reanimatologlarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi
», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari o‘limi bilan bog‘liq holat oxirgi marta 26 may kuni Samarqandda qayd etilgandi.
Shu vaqtgacha Toshkentda 6, Namanganda 4, Samarqandda 2, Farg‘ona va Surxondaryoda bittadan o‘lim ro‘y bergandi.

31 may kuni soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan zararlanish bilan bog‘liq 3583ta holat aniqlangan, bemorlarning 2837 nafari sog‘aygan. Shifoxonalarda 731 bemor davolanmoqda, ulardan 9 nafari og‘ir ahvolda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 93
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 43
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 0
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Bo‘limlar