“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 13:01
ЎЗO‘Z

Qashqadaryoda tezkor xodimlar og‘ufurushlarni o‘z vaqtida qo‘lga oldi

31 мая, 17:45 2 494 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qashqadaryoda tezkor xodimlar og‘ufurushlarni o‘z vaqtida qo‘lga oldi Qarshi shahar 3-sonli IIBga 2020 yil 28 may kuni giyohvandlik moddasiga oid xabar kelib tushdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

Shu kuni soat 15:25 larda viloyat IIB, Qarshi shahar IIO FMB tezkor xodimlari va Qarshi shahar 3-sonli IIB xodimlari tomonidan Qarshi shahar «Otchopar» mahallasida yashovchi J.M.ning yashash uyi hovlisidagi tomorqasi ko‘zdan kechirildi. Kuzatuv chog‘ida tomorqadagi tut daraxti yoniga ekilgan gullar orasida 50x50 sm joydan bir tup, suv nasosi yaqinidagi 50x50 sm joydan bir tup, suv hovuzi yonidagi 50x50 sm joydan bir tup yashil rangli o‘tkir hidli o‘simliklar ekib parvarishlab kelinayotgani aniqlandi.

Shuningdek, anor daraxti yonidagi 50x50 sm joyda ekib parvarishlanayotgan bir tup yashil rangli o‘tkir hidli o‘simlik esa IIB xodimlari kelgan vaqtida xonadon egalari tomonidan yashirish maqsadida yulib olinib qo‘shni hovli tomorqa hududiga devordan otib yuborilgan.

Bundan tashqari hojatxona oldidagi qo‘l yuvish uskunasi qopqog‘i ustiga quritish uchun qo‘yilgan nam holatdagi yashil rangli o‘tkir hidli o‘simlik barglari ham e’tibordan chetda qolmadi. Xolislar ishtirokida jami 4 tup yashil rangli o‘tkir hidli o‘simliklar va ushbu o‘simlik barglari hujjatlashtirib olindi. M.J.ning yashash hovlisidan olingan 4 tup yashil rangli o‘simlik tarkibida tetrogidrokannabinol giyohvand moddasi bor bo‘lgan kannabis o‘simligi ekanligi, uning jami sof og‘irligi 236 grammni tashkil etishi ko‘rsatilgan.

Shuningdek qo‘l yuvish uskunasi qopqog‘i ustiga quritish uchun qo‘yilgan nam holatdagi o‘tkir hidli o‘simlik barglari tarkibida ham tetrogidrokannabinol giyohvand moddasi bor bo‘lgan kannabis o‘simligi ekanligi, uning jami sof og‘irligi 8,7 grammni tashkil etishi qayd etildi.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar 3-sonli IIB TB tomonidan M.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 119
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 122
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 221
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 0
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 0
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 18
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 29
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 61
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Bo‘limlar