“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 06:28
ЎЗO‘Z

Buxoroda koronavirusga chalingan oila bilan muloqot qilgan 268 fuqaro karantinga olindi

31 мая, 12:28 3 113 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda koronavirusga chalingan oila bilan muloqot qilgan 268 fuqaro karantinga olindi Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida koronavirusga chalingan bir oilaning yetti nafar a’zosi bilan muloqot qilgani ma’lum bo‘lgan 268 nafar fuqaro uy karantiniga olindi. Bu haqda Shofirkon hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha tuman shtabidan olingan ma’lumotga ko‘ra, COVID-19 virusi aniqlangan fuqarolar bilan muloqotda bo‘lgan 80 ta xonadon vakili 23—29 may kunlari karantinga olingan.

«Karantinga olingan xonadonlarga kirib-chiqishni nazorat qilish uchun jami 26 nafar IIB, Milliy gvardiya xodimi jalb qilingan. Hudud kun-u tun qo‘riqlanmoqda», — deyiladi tuman hokimligi axborotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, tuman shtabi koronavirus yuqtirgan va hozirda shifoxonada davolanayotgan fuqarolar bilan muloqotga kirishganlarni aniqlashda davom etmoqda.

«Shofirkon tumanida yuzaga kelgan holat viloyatda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash choralarini kuchaytirishni talab qilmoqda. Viloyat maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, xalqaro yuk mashinalarining kirib kelishi bilan bog‘liq masalada ham qat’iy nazorat o‘rnatish belgilandi», — dedi viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i, koronavirus pandemiyasiga qarshi maxsus shtab rahbari Akobir Ashurov.

Eslatib o‘tamiz, tumanda bir oilaning yetti nafar a’zosida koronavirus aniqlangach, tumanga kirib-chiqish to‘xtatilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 47
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 45
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 121
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 215
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 187
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 47
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 45
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 124
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 76
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 121
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 130
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 66
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 33
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 125
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 215
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 69
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 73
  • Bo‘limlar