“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 18:43
ЎЗO‘Z

Bugun uch hududda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi

31 мая, 00:09 3 581 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bugun uch hududda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi Bugun yangi holatlar uchta hududda - Toshkent shahri, Samarqand va Namangan viloyatlarida qayd etildi. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayevning telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilishi va sog‘ayishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar jadvalini keltirdi.

58ta yangi kasallanish holatining 21tasi aholi orasida qayd etilgan.
Xususan, Toshkent shahrida jami 11ta yangi holat aholi orasida qayd etilgan, ularning ikkisi avvalroq «O‘rikzor» bozorida koronavirus aniqlangan sotuvchining farzandlaridir. Bugun Toshkentda 44 bemor tuzaldi.

Shu vaqtgacha poytaxtda 1604ta holat qayd etilgan, bemorlarning 1063 nafari davolanib chiqqan, 6 kishi vafot etgan, ayni vaqtda shahardagi shifoxonalarda 541 nafar bemor davolanmoqda.

Samarqand viloyatida aholi orasida 8 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan. Bugun viloyatda 9 nafar bemorga javob berildi.
O‘zbekiston bo‘yicha eng og‘ir vaziyat saqlanib turgan hududlardan bo‘lmish Samarqandda shu vaqtgacha 360ta zararlanish holati qayd etilgan, bemorlarning 274 nafari davolanib chiqqan, 2 kishi vafot etgan. Viloyatda so‘nggi kunlarda uzluksiz yangi holatlar qayd etilmoqda.

Namangan viloyatida bemorlar soni 2 nafarga o‘sdi, To‘raqo‘rg‘on tumanida yangi kasallanish holatlari qayd etilgan.

Viloyatda shu vaqtgacha 258ta holat qayd etilgan - shundan 155tasi Namangan shahrida. Shuningdek, Namangan tumani (49), Uychi tumani (28), Uchqo‘rg‘on tumani (12), Norin tumani (5), Yangiqo‘rg‘on tumani (4), Pop tumani (2), Chust tumani (1)da kasallanish holatlari qayd etilgan. Kosonsoy, Mingbuloq va Chortoq tumanlarida shu vaqtgacha kasallanish holatlari qayd etilmagan.

Viloyatdagi bemorlarning 247 nafari tuzalib bo‘lgan (96 foiz), ayni vaqtda shifoxonalarda 7 bemor davolanmoqda.

Bugun qayd etilgan holatlarning yana 33tasi karantin muassasalarida aniqlangan - so‘nggi kunlarda Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlaridan reyslar orqali olib kelingan, shuningdek Rossiyadan Qozog‘iston orqali va Qozog‘istonning o‘zidan kelgan fuqarolarga virusga chalinish tashxisi qo‘yilgan.

Jumladan, 27 may kuni Rossiyadan kelgan 2, 28 may kuni 1 nafar Qozog‘iston va yana 1 nafari Sirdaryo viloyatigi «Guliston» chegara posti orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida tasdiqlandi.

Shu vaqtgacha kasallikka chalingani qayd etilgan 3546 kishidan 2783 nafari sog‘ayib, davolanish darajasi 78 foizni tashkil etmoqda. 749 nafar bemor yurtimizning 7 hududidagi tibbiyot muassasalarida davolanishmoqda. Ulardan 6 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Bugun mamlakatda jami 1379 kishi uy karantiniga olindi, 698 kishi uy karantinidan chiqarildi.
Shuningdek, 1267 kishi statsionar karantinga olinib, 1479 kishi o‘z uyiga kuzatildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 47
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 237
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 192
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 50
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 82
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 241
  • Bo‘limlar