“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 10:51
ЎЗO‘Z

Navoiy viloyatida 5ta kasallik o‘chog‘i bor. Nega faqat bir hudud «qizil»ga kiritildi?

30 мая, 23:49 3 510 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Navoiy viloyatida 5ta kasallik o‘chog‘i bor. Nega faqat bir hudud «qizil»ga kiritildi? Bugun, 30 may kuni Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tumanlar va shaharlar bo‘yicha «qizil», «sariq», «yashil» hududlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Ro‘yxatda Navoiy viloyatining Zarafshon shahri «qizil», Xatirchi va Konimex tumanlari «sariq», Navoiy shahri va qolgan barcha tumanlar esa «yashil» hudud sifatida toifalangan. Shu jumladan, Tomdi tumani ham xavfsiz hudud sifatida belgilangan.

Vaholanki, kuni kecha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Navoiy viloyatida hozirgacha 5ta koronavirus o‘chog‘i aniqlangani va shuning uchun viloyatga poytaxtdan maxsus guruh yuborilayotgani, karantin qoidalari kuchaytirilishi haqida ma’lum qilingan edi.

«Navoiy viloyatida 29 may holatiga ko‘ra, 119 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ulardan 12 nafari sog‘aygan bo‘lsa, qolgan 107 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan samarali davolash muolajalari olib borilmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, viloyatda kasallik, asosan, beshta o‘choq orqali tarqalganini ko‘rish mumkin: birinchi katta o‘choq Zarafshon shahrida, ikkinchi va uchinchi o‘choqlar Xatirchi tumanida, to‘rtinchi o‘choq Konimex tumanida hamda beshinchi o‘choq Tomdi tumanida yuzaga kelgan
», deya ma’lum qilgandi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Zarafshon shahri «qizil» toifaga kiritilgan. Biroq virus o‘chog‘i aniqlangan Xatirchi va Konimex tumanlari «sariq», Tomdi esa «yashil» hududda qoldirilgan. Navoiy viloyat hokimligi matbuot xizmati bu borada munosabat bildirdi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Dilshod Mamarajabov hududlarning xavflilik darajasiga ko‘ra toifalanashi faqat Respublika maxsus komissiyasi tomonidan amalga oshirilishini ta’kidladi.

«Hududlar faqat maxsus komissiya tomonidan toifalanadi. Biroq Navoiy viloyatida so‘nggi 4 kunda koronavirus bilan zararlanganlar aniqlanmadi. Shu paytga qadar kasallik aniqlanganlar esa maxsus sharoitda davolanmoqda.
Kuni kecha viloyat Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi ham o‘tkazildi. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan
», deya qayd etdi Dilshod Mamarajabov.

Bundan oldinroq Buxoro viloyatidagi «kasallik o‘chog‘i» Shofirkon tumani hamda Andijon viloyatida so‘nggi haftada 2ta kasallik holati qayd etilgan Izboskan tumani ham «qizil» hududga kiritilmagani, aksincha «yashil» toifadagi tumanlar qatorida qoldirilgani savol ostiga olingandi.

Shuningdek, Namangan viloyatida To‘raqo‘rg‘on tumanida ham so‘nggi kunlarda aholi orasida kasallanish holatlari aniqlangan. Respublika maxsus komissiyasi To‘raqo‘rg‘onni «yashil» hudud sifatida belgilagan, viloyat hokimligi esa tumanni «qizil» hudud sifatida belgilagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 165
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 218
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 51
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Bo‘limlar