“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 22:05
ЎЗO‘Z

Vazirlik Toshkent shahrida epidemiya avj olish xavfi yanada kuchayishi mumkinligidan ogohlantirdi

30 мая, 22:00 3 613 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vazirlik Toshkent shahrida epidemiya avj olish xavfi yanada kuchayishi mumkinligidan ogohlantirdi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahridagi «O‘rikzor» savdo majmuasi sotuvchisining o‘g‘li va qizida ham koronavirus aniqlangani haqida ma’lumot berdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida aholi orasida qayd etilayotgan kasallanish holatlari soni ko‘payayotganini ma’lum qilib, hududda epidemiya yana avj olishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

«So‘nggi kunlarda Samarqand, Navoiy, Toshkent viloyatlari qatori Toshkent shahridan ham aholi orasida koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni kun sayin oshib bormoqda. Kasallanish ko‘rsatkichlari shu tempda o‘sib borsa epidemiya avj olish xavfi yanada kuchayadi. Bu esa aholidan yanada hushyor bo‘lib, o‘zi va yaqinlari salomatligiga o‘ta mas’uliyat bilan yondashishlarini talab etmoqda.

Jumladan, bugun, hozirga qadar poytaxtimizda koronavirus infeksiyasi aniqlangan 11 nafar fuqaroning barchasi aholi orasidan kasallikni yuqtirib olgan. Misol uchun, bir necha kun oldin «O‘rikzor» savdo majmuasi sotuvchisi koronavirusga chalingani haqida xabar bergan edik. Endilikda uning o‘g‘li va qizida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Ayni vaziyatdan ma’lum bo‘ladiki, har bir fuqaro, avvalo, karantin qoidalariga qat’iy rioya etishlari lozim. Zarurat yuzasidan ko‘chaga chiqib, uyga kelganingizda ham qo‘lingizni sovunlab, qayta-qayta yuving. Qo‘l berib salomlashish, quchoq ochib ko‘rishishdan tiyilish lozim. Eng muhimi, ijtimoiy masofani saqlang, jamoat va odamlar to‘plangan joylardan uzoqroq yuring, doimo tibbiy niqob taqib yurishni unutmang. Aks holda nafaqat o‘zingiz, balki oila a’zolaringiz, yaqinlaringiz sog‘ligini ham jiddiy xavf ostida qoldirishingiz mumkin
», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Ayni vaqtda mamlakatdagi shifoxonalarda 726 bemor davolanmoqda. Bemorlarning 7 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi 19 мая, 18:11 122
  • Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib? 19 мая, 17:43 65
  • Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi 19 мая, 17:22 86
  • «Zudlik bilan 10 ming dollar yuboring, yo‘qsa qizingiz qamaladi...» 19 мая, 15:40 238
  • Ovoz holatiga salbiy ta’sir etuvchi mahsulotlar ma’lum qilindi 19 мая, 13:37 87
  • Toshkentda Gentra avtomashinasi ko‘prikdan quladi 19 мая, 12:30 115
  • So'nggi yangiliklar
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 4
  • Superliga. “Navbahor” “Neftchi”ni mag‘lub etdi, “OKMK” esa “So‘g‘diyona”dan ustun keldi 19 мая, 21:22 28
  • Minimal eksport narxlari e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda 19 мая, 21:04 31
  • Xitoy nega Rossiyani qo‘llamoqchi emas? Tahlilchilar – Putinning Pekinga tashrifi haqida 19 мая, 20:23 94
  • Usik va Fyuri natijalar e’lon qilinishidan oldin nimalar haqida suhbatlashgan edi? 19 мая, 19:57 78
  • Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi 19 мая, 19:30 219
  • Isroil harbiy mahkamasi vaziri Netanyaxuga tahdid qildi 19 мая, 19:20 137
  • A Seriya. Shomurodovning jamoasi “Kalyari” “Sassuolo”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi 19 мая, 18:28 139
  • Samarqandda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi 19 мая, 18:11 122
  • Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib? 19 мая, 17:43 65
  • Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi 19 мая, 17:22 86
  • Fransiya Yangi Kaledoniyaga qo‘shin yubordi (foto) 19 мая, 16:53 152
  • Bo‘limlar