“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 22:05
ЎЗO‘Z

DXX «opiy» va «gashish» giyohvand moddalarini musodara qildi

29 мая, 12:48 2 871 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX «opiy» va «gashish» giyohvand moddalarini musodara qildi DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Andijon – Qo‘qon” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Neksiya-2” rusumli avtomashina Qo‘qon shahriga kirishda to‘xtatildi.

Avtomashina ko‘zdan kechirilganda uning salonida Andijon tumanida yashovchi, 1978 y.t. H.X. yo‘lovchi sifatida ketayotganligi, avtomobil yukxonasida esa unga tegishli sellofan paketda 5 kg «gashish» giyohvand moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, ushbu og‘uni qirg‘izistonlik shaxslar aylanma yo‘llar orqali Andijon viloyati Xo‘jaobod tumaniga olib o‘tib, H.X.ga berishadi.

H.X. esa giyohvandlik vositasining 4 kg.ni Qo‘qon shahrida yashovchi, 1978 y.t. T.M.ga, 1 kg.ni esa Farg‘ona tumanida yashovchi, 1984 y.t. A.K.ga yetkazib berishi kerakligi ma’lum bo‘lib, tezkor tadbir davom ettirildi. Natijada Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tadbirlar jarayonida ikki xaridor ham giyohvand moddalarni olayotgan vaqtlarida ushlandi.

Ta’kidlanishicha, T.M. muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun 2007 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi tomonidan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi bilan ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. A.K. 2015 yilda Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan ayblanib, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan, 2020 yildan esa axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan bo‘lgan.

DXX Xorazm viloyati boshqarmasi va viloyat bojxona boshqarmasining kontrabandaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Gurlan tumani Sholikor qishlog‘idan o‘tuvchi yo‘l bo‘yida to‘xtab turgan “Lasetti” rusumli avtomashina ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomobilning old o‘rindig‘i ostidan 997 gr. “opiy” giyohvandlik vositasi topildi va u mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan I.M.ga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi, 1970 y.t. I.M. ham muqaddam giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun hozirda ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan bo‘lgan.

DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan xizmat o‘tash vaqtida Andijon viloyati Paxtaobod tumani “Uyg‘ur” qishlog‘i hududidan o‘tuvchi “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasida Qirg‘iziston tomonidan uloqtirilgan 587 gr. “gashish” moddasi topildi. Hozirda, mazkur giyohvand moddaning kimga tegishli ekanligini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Shuningdek, Paxtaobod tumanida yana bir holat qayd etilib, unda 1990 y.t. mahalliy fuqarolar E.E. va A.H. chegaraoldi hududda DXX xodimlari tomonidan to‘xtatilib, tekshirilganda, ularning yonidan 504 gr. “gashish” moddasi topildi.

Aniqlanishicha, ushbu giyohvand modda ham qirg‘izistonlik shaxslar tomonidan “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasini ajratib turuvchi simto‘siqlar ustidan mamlakat hududiga uloqtirilgan.

DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlarining ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida Nukus shahrida yashovchi, 1985 y.t. Sh.A. 5,6 gr “gashish” moddasini 400 ming so‘mga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida Sh.A. mazkur giyohvand moddani 1975 y.t. K.Sh.dan olganligi aniqlandi. K.Sh.ning Nukus shahridagi yashash manzili ko‘zdan kechirilganda 285,4 gr. “gashish” moddasi topildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 6 kg 382 gr. “gashish” va 997 gr. “opiy” giyohvand moddalari musodara qilindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 119
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 88
  • So'nggi yangiliklar
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 4
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 11
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 36
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 20
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 31
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 28
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 131
  • Bo‘limlar