“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 21:37
ЎЗO‘Z

Olimlar: quyosh nuri koronavirusni 15 daqiqada yo‘q qila oladi

29 мая, 06:40 4 749 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar: quyosh nuri koronavirusni 15 daqiqada yo‘q qila oladi Amerikalik olimlar quyosh nuri nafaqat sog‘liq uchun ko‘plab foydali xususiyatlarga ega bo‘lgan, organizmning yuqumli kasalliklarga qarshilik ko‘rsata olishini oshiradigan D vitaminining tabiiy manbayi hisoblanishi, balki SARS-CoV-2 koronavirusini yo‘q qila olishini aniqlashdi.

Foto: iStock
AQSHning biologik himoya tahlili va unga qarshi kurash milliy markazi (National Biodefense Analysis & Countermeasures Center) olimlari quyosh nuri koronavirusni yo‘q qilishi mumkinligini, biroq barchasi uning qanchalik uzoq ta’sir qilishi, geografik kenglik va kunning muayyan vaqtiga bog‘liqligini ma’lum qilishda. Bu haqda Hightech.plus nashri [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9rdW4udXovbmV3cy8yMDIwLzA1LzI4L29saW1sYXItcXV5b3NoLW51cmkta29yb25hdmlydXNuaS0xNS1kYXFpcWFkYS15b3EtcWlsYS1vbGFkaQ%3D%3D]ma’lum qildi[/leech].

Avvalgi tadqiqotlar koronavirus plastik va po‘latda 3 kungacha, kartonda bir kun davomida barqaror qolishini, ob-havo sharoitlari uning tarqalishiga sezilarli ta’sir qilmasligini va virusni 56 darajagacha qizdirib yarim soat davomida yoki 79 darajada 5 daqiqada yo‘q qilish mumkinligini ko‘rsatgan.

Amerikalik olimlar koronavirusni o‘rganish davomida yangi xulosalarga kelishdi.

Olimlar tadqiqot davomida virus namunalarini tabiiy yorug‘likni beradigan chiroq ostidagi po‘lat plastinkalarga joylashtirishgan. Natijalar 40 daraja shimoliy kenglikdagi tush paytini eslatuvchi sharoitda so‘lakdagi 90 foiz virus 6,8 daqiqada, u uchun qulay muhitda esa 14,3 daqiqada faolligini yo‘qotishini ko‘rsatgan.

Ta’kidlab o‘tish joiz, 40-parallelda O‘rta Osiyo davlatlari, Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Gretsiya, Turkiya, Armaniston, Ozarboyjon, Xitoy, Yaponiya va AQSHning janubiy shtatlari joylashgan.

Yorug‘lik kamroq bo‘lganda ham virus yo‘q bo‘ladi, biroq sekinroq. Quyosh nuri ta’sir qilmaganda virusning faolligi kamaymagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 60
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 143
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 55
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 151
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 269
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 3
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 35
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 22
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 95
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 113
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 38
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 147
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 60
  • Bo‘limlar