“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:31
ЎЗO‘Z

Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan o‘zbekistonlik siyosatshunos Rafik Sayfulin 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

28 мая, 22:30 2 730 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan o‘zbekistonlik siyosatshunos Rafik Sayfulin 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi Foto: «Fergana»
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining sobiq direktori, siyosatshunos Rafik Sayfulin davlatga xoinlik qilganlikda aybdor deb topilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 2020 yil 25 may kuni O‘zbekiston Harbiy sudida Jinoyat kodeksining 157-moddasi (Davlatga xoinlik qilish) 1-qismi va 248-moddasi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan Rafik Sayfulinga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

«Bir necha oy davomida o‘tkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari tinglanib tahlil qilindi. Tergov organi tomonidan to‘plangan dalillarga baho berilib, sudlanuvchining vajlari tekshirildi», — deyiladi Oliy sud xabarida.

Ma’lum qilinishicha, sud sudlanuvchi Rafik Sayfulinni yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

OAVlarning yozishicha, Rafik Sayfulin bilan birga O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligining bir necha xodimi ham davlatga xoinlik qilganlikda ayblangan. Siyosatshunos 2019 yilning iyul oyida qo‘lga olingan. Rafik Sayfulin davlat sirlari va tahliliy materiallarni Rossiya tomoniga yetkazganlikda ayblangan.

Rafik Sayfulin o‘z faoliyatini SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasida boshlagan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Sayfulin Prognozlashtirish va statistika davlat qo‘mitasida ishlagan. Keyinchalik u O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga rahbarlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil fevral oyida Mudofaa vazirligiga qarashli «Vatanparvar» gazetasining sobiq muxbiri Vladimir Kaloshin davlatga xiyonatda ayblanib 12 yilga qamoq jazosiga hukm qilingandi. 2020 yilning yanvarida esa davlatga qarshi xiyonat bo‘yicha ayblangan TIVning sobiq xodimi Qodir Yusupovga sud hukmi e’lon qilingandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 39
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 388
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar