“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 21:41
ЎЗO‘Z

Chorvoq suv omboriga yaqin hududda noqonuniy qurilgan inshootlarni aniqlash bo‘yicha reydlar boshlandi

26 мая, 18:13 3 244 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chorvoq suv omboriga yaqin hududda noqonuniy qurilgan inshootlarni aniqlash bo‘yicha reydlar boshlandi Foto: Flickr
Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan Bo‘stonliq turistik zonasida tezkor reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

«Chirchiq daryosi qirg‘oqlarining katta qismi bugungi kunda Chimyon-Chorvoq kurort zonasiga kiradi va u yerda noqonuniy qurilgan inshootlar ham talaygina. U yerdagi dala hovlilaridan ba’zilarining atrofi shaxsiy sohilga ega bo‘lish maqsadida to‘siqlar bilan berkitilgan. Bu esa qolgan fuqarolarning suvga chiqishiga to‘sqinlik qiladi», - deyiladi xabarda.

Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan Bo‘stonliq turistik zonasida tezkor reyd tadbirlari O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Ekologik nazorat to‘g‘risida” va “Suv va suvdan foydalanish” qonunlari asosida o‘tkazilmoqda.

Shundan o‘tkazilgan reyd tadbirlaridan birida 39 ta korxona va 120 dan ortiq xonadon ko‘zdan kechirildi. Ularning barchasiga noqonuniy qurilmalarni olib tashlash bo‘yicha ogohlantirish xatlari berildi hamda tegishli tartibda tushuntirish xatlari olindi. Shu bilan birga, ma’muriy javobgarlikka tortilish bo‘yicha ogohlantirildi.

Suv yoqasida qonun-qoidalarga rioya qilmasdan qurilgan savdo rastalari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ham boshqa joylarga ko‘chirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 0
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 0
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 0
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 8
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 15
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 23
  • So'nggi yangiliklar
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 0
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 0
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 0
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 8
  • Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi 01 мая, 19:30 8
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 15
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 23
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 151
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 42
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 61
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 22
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 35
  • Bo‘limlar