“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 06:20
ЎЗO‘Z

Yangi qonun: endi amaldorlar daromadlarini yashirolmasligi mumkin...

26 мая, 11:00 3 539 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi qonun: endi amaldorlar daromadlarini yashirolmasligi mumkin... «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga havola etildi. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati xabar berdi. Xo‘sh, Regulation.gov.uz portaliga joylangan qonun loyihasining o‘ziga xosligi nimada?

Asosiy tushunchalar (ayrimlari):
• davlat fuqarolik xizmati — davlat organlari va tashkilotlarida ommaviy manfaatlar yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining haq to‘lanadigan kasbiy faoliyati;
• davlat tashkiloti — ommaviy manfaatlar yo‘lida belgilangan vazifa va funksiyalarni bajarishga mo‘ljallangan davlat tasarrufidagi tashkilot;
• davlat fuqarolik xizmatchisi — davlat lavozimida faoliyatini amalga oshiruvchi Davlat lavozimlar reyestriga qo‘shilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.

Vakolatli organ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish agentligi.

Deklaratsiya topshirish
Davlat fuqarolik xizmatchilari, har yili o‘zining va oila a’zolarining daromadlari, mol-mulki va ko‘p miqdordagi xarajatlari haqida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda deklaratsiya topshirishi shart.

Davlat fuqarolik xizmatiga nomzodlar davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish vaqtida o‘zi va oila a’zolarining daromadlari, mol-mulki va ko‘p miqdordagi xarajatlari to‘g‘risida deklaratsiya topshirishlari shart.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan ro‘yxatda ayrim toifadagi davlat fuqarolik xizmatchilari, shu jumladan, ular yaqin qarindoshlarining kengaytirilgan doirasiga nisbatan daromadlar, mol-mulk va ko‘p miqdordagi xarajatlarni deklaratsiya qilish yuzasidan qo‘shimcha talablar belgilanishi mumkin.

Davlat lavozimlarining guruh va kategoriyalariga aniqlik kiritilmoqda. Unga ko‘ra Rahbariyat (A), Tarkibiy tuzilma rahbariyati (V), Mutaxassislar (S) guruhlarga bo‘linadilar.

Davlat fuqarolik xizmatchilarining rotatsiyasi
Rotatsiya davlat fuqarolik xizmatchicining malaka martabasi va darajasiga muvofiq lavozimlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Yuqori darajadagi davlat fuqarolik xizmatchilarni rotatsiya qilish bo‘yicha qaror davlat fuqarolik xizmati ishlari masalalari bo‘yicha vakolatli organi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.

Ijtimoiy himoya
Davlat fuqarolik xizmatchilarining ijtimoiy himoyasi davlat tomonidan ta’minlanadi. Davlat fuqarolik xizmatchilari majburiy ijtimoiy sug‘urtalanadi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha barcha turdagi nafaqalarni olish huquqiga ega.

Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar
Davlat fuqarolik xizmatchisi o‘zaro yaqin qarindoshlik yoki quda-andachilikda (ota-onalar, ota-onalarning aka-ukalari va opa-singillari, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘il, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) bevosita lavozim bo‘ysunishida bo‘lgan davlat lavozimini egallashga haqli emas.

Davlat lavozomini egallash uchun tanlov
Tanlov suhbat shaklida o‘tkaziladi. Davlat organi yoki tashkiloti qo‘shimcha tarzda davlat fuqarolik xizmatlari bo‘yicha vakolatli organ bilan kelishilgan holda test yoki yozma imtihon o‘tkazilishini ko‘zda tutishi mumkin.

Milliy kadrlar zaxirasi
Milliy kadrlar zaxirasi shakllantiriladi va u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish Agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Parlament a’zolari, Markaziy saylov komissiyasi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari hamda sudyalardan tashqari barcha O‘zbekiston Respublikasi davlat fuqarolik xizmatchilariga tatbiq etiladi.

Huquqni muhofaza qiluvchi, mudofaa, davlat xavfsizligi organlarida, diplomatik, bojxona, soliq va qutqaruv xizmatida xizmat o‘tayotgan davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 46
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 43
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 126
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 158
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 96
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 58
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 108
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 112
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 142
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 67
  • Bo‘limlar