“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 04:50
ЎЗO‘Z

Rossiyadagi 53 nafar o‘zbekistonlik muhojirda koronavirus aniqlandi

24 мая, 18:46 2 711 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyadagi 53 nafar o‘zbekistonlik muhojirda koronavirus aniqlandi Boshqirdiston Sog‘liqni saqlash vazirligi respublikaning Salavat tumanida joylashgan Maloyaz qishlog‘ida COVID-19 bilan kasallanish holatlari aniqlanganini tan oldi. Kasallik o‘chog‘i «Gorniy» issiqxona kompleksida ishlash uchun kelgan 68 nafar O‘zbekiston fuqarosi joylashtirilgan «Skazka» mehmonxonasida yuzaga kelgan, deb xabar beradi «Kommersant’».

«Gorniy» — Chelyabinskdagi «Churilovo» agroxoldingi tarkibiga kiruvchi Uraldagi eng yirik issiqxona kompleksi hisoblanadi. O‘zbekistonlik muhojirlar bu yerga ishlash uchun fevral oyida kelgan. Ishchilarni qabul qiluvchi tomon — Moskvaning «Standart plyus» kompaniyasi ularni «Skazka» mehmonxonasiga joylashtirgan. Mehmonxona Chelyabinsk viloyati chegarasi yaqinida joylashgan.

«Rospotrebnadzorning Boshqirdistondagi boshqarmasi O‘zbekistondan kelgan 68 nafar ishchining 53 nafarida COVID-19 aniqlanganini ma’lum qildi. Ularning besh nafari Mesyagutovodagi, uch nafari esa — Kiginskdagi kasalxonaga yotqizilgan. Qolgan 45 nafar bemorda kasallik yengil o‘tmoqda va ular mehmonxonada qolgan. Mehmonxonaning o‘zi karantinga olingan», — deyiladi xabarda.

O‘zbekistonlik muhojirlarda kasallik belgilari dastlab 10 may kuni paydo bo‘la boshlagan. Ertasi kuni Rospotrebnadzor barcha ishchilarni tekshirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. 12 may kuni issiqxona xodimlari izolyatsiyaga yuborilgan: shu kunning o‘zida ikki kishida COVID-19 aniqlangan. Mehmonxona karantinga olingan, politsiya posti o‘rnatilgan. 15 may kuni Chelyabinsk viloyatiga poyezdda borib-kelgan «Skazka»dagi yana ikki ishchida koronavirus aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda mehmonxonada 60 kishi izolyatsiyaga olingan. Kasallar bilan aloqada bo‘lgan 28 nafar respublika aholisi o‘z o‘zini izolyatsiyalashga yuborilgan. Ular orasida mehmonxona yaqinida joylashgan do‘konning 6 nafar xodimi ham bor. Hozirda bemorlar bilan aloqada bo‘lgan uch kishiga koronavirus tasdiqlangan, jumladan, do‘kon sotuvchisida ham.

«Gorniy» issiqxona kompleksida 550 kishi ishlaydi. «Agropark Ural» kompaniyasi rahbari Yevgeniy Baturinning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya o‘zbekistonlik muhojirlar bilan 2020 yil oxiriga qadar shartnoma imzolagan.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 37
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 199
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 269
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar