“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 23:13
ЎЗO‘Z

Sardoba fojiasiga aloqador ikki shaxs qamoqqa olindi – Bosh prokuratura

23 мая, 03:00 4 320 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sardoba fojiasiga aloqador ikki shaxs qamoqqa olindi – Bosh prokuratura Bosh prokuratura Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hozirda jinoyat ishi bo‘yicha 2 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, ularga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

«Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi. Tergov harakatlari davom etmoqda» – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 1 may kuni Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori o‘pirilishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelganligi holati yuzasidan JKning 207-moddasi 1-qismi va 258-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar qilingan edi.

Ma’lum vaqt o‘tib, Bosh prokuratura «Sardoba ishi» bo‘yicha 170 nafar shaxs so‘roq qilinganini bildirgandi.
Qayd etish lozim, «Sardoba» suv ombori fojiasi natijasida jami 6 nafar fuqaro halok bo‘lgan (2 nafar ayol, 4 nafar erkak). Bir nafar fuqaro bedarak yo‘qolgan.

Suv toshqinidan Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi 10 ta MFYda (25 ta aholi punktlari) 4 351 ta xonadonlar zarar ko‘rgan. Xonadonlardan 2 570 tasi yaroqsiz va 1 781 tasiga qisman zarar yetgan. Minglab uy hayvonlari suvda oqib ketgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 0
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 171
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 254
  • Bo‘limlar