“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:28
ЎЗO‘Z

Tadqiqot: bezgakka qarshi dorilar koronavirusdan o‘lish xavfini oshiradi

23 мая, 15:30 2 909 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tadqiqot: bezgakka qarshi dorilar koronavirusdan o‘lish xavfini oshiradi Foto: AFP /Getty Images
Bezgakka qarshi qo‘llaniladigan xloroxin va gidroksixloroxin dori vositalaridan SARS-CoV-2 koronavirusini davolash uchun qabul qilish o‘lim xavfini oshiradi. The Lancet tibbiyot jurnalida chop etilgan tadqiqot xulosasida ana shunday deyilmoqda.

Tadqiqot rahbari, birlashgan Boston tibbiyot markazi doktori Mandip Merning so‘zlariga ko‘ra, yuqoridagi dorilar koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda nafaqat foyda, balki zarar ham keltirishi mumkin.

Tadqiqotda oltita qit’adagi 671ta kasalxonadan 96 ming bemor ishtirok etgan. Ular to‘rtta guruhga bo‘lingan. Birinchi guruh gidroksixloroxin, ikkinchi guruh xloroxin, uchinchi guruh ikkala doridan birini antibiotiklar bilan birga qabul qilgan. Oxirgi guruhdagilar bu dorilardan hech birini qabul qilmagan.

Yakunda ikkala dorini qabul qilmagan bemorlar orasida o‘lim ko‘rsatkichi 9 foizni tashkil etgan. Koronavirusdan xloroxin yordamida davolanganlar orasida bu ko‘rsatkich 16,4 foiz bo‘lgan. Gidroksixloroxin qabul qilganlar orasida esa o‘lim ko‘rsatkichi 18 foizga teng bo‘lgan. Antibiotiklar bilan xloroxin qabul qilganlarda ko‘rsatkich 22,8 foizga, gidroksixloroxin va antibiotik qabul qilganlarda 23,8 foizga yetgan.

Syurix universiteti klinikasi kardiologiya bo‘limi mudiri Frank Rujitskning aytishicha, bezgakka qarshi dorilar ayniqsa yurak kasalliklari bo‘lgan bemorlar uchun xavfli.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusdan davolashda gidroksixloroxindan foydalanish samaradorligi to‘g‘risida ishonchli dalillar yo‘qligini bildirgan.

Biroq ko‘plab mamlakatlarda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda aynan bezgakka qarshi dorilardan foydalanilmoqda. Jumladan, AQSHda mart oyining oxirida FDA favqulodda choralar sifatida shifoxonadagi cheklangan holatlarda Covid-19'ni davolash uchun xloroxin va gidroksixloroxinni qo‘llashni tasdiqladi.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Covid-19 profilaktikasi, tashxisi va davolash bo‘yicha vaqtincha tavsiyalarida, bezgakka qarshi dorilar istiqbolli deb ko‘rsatilgan.

Fransiyada shifokorlar ham ushbu dorilarni koronavirus bilan og‘rigan bemorlarga buyurishlari mumkin.

Hindistonda gidroksixloroxinni iste’mol qilish sog‘liqni saqlash xodimlari profilaktikasi, shuningdek, koronavirus bilan kasallangan bemor bilan aloqada bo‘lganlar va shifokorining ko‘rsatmasini olganlar uchun tavsiya etiladi.

Yaqin Sharqning bir qator davlatlari, jumladan, Bahrayn, Marokash, Jazoir va Tunis, ushbu dorilarni ishlatishga ruxsat bergan yoki klinik sinovlardan o‘tmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 40
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 233
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 190
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 252
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar