“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 01:03
ЎЗO‘Z

Samarqandda 122 tup ko‘knor yetishtirgan 96 yoshli otaxonga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

23 мая, 12:00 3 535 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqandda 122 tup ko‘knor yetishtirgan 96 yoshli otaxonga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
Samarqand viloyatining Jomboy tumanida yashash uyi hovlisida ko‘knor giyohvandlik o‘simligi yetishtirib kelayotgan otaxonga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, 19 may kuni soat 11:20 da Jomboy tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Qoradori—2020» tadbiri davomida 96 yoshli G‘.T.ning yashash uyi hovlisidagi tomorqasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida ekilgan jami 122 tup ko‘knor giyohvandlik o‘simligini yetishtirib kelayotganligi aniqlangan.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
Xolislar ishtirokida ushbu 122 tup o‘simlik ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jinoyat ishi bilan ayblangan shaxsning aybi isbotlansa, fuqaro bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 0
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 250
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 87
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 95
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 0
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 0
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 0
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 0
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Bo‘limlar