“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 20:40
ЎЗO‘Z

Deputat bolam, shu paytgacha qayerda eding?

23 мая, 09:01 3 601 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Deputat bolam, shu paytgacha qayerda eding? Biz jurnalistlarga ham qiyin: «Qonunlarimiz mukammal», deb yozsak, hatto talabalar ustimizdan kulishadi, «…nomukammalroq ekan», desak deputatlar va senatorlarimiz xafa bo‘lishadi.

Qarangki, shu kungacha «Ko‘p bolali oila» tushunchasi 21 ta qonun hujjatida, jumladan, 5 ta qonunda qo‘llanilgan va turlicha mezonlar belgilangan ekan. Shu sababli, endi ana shu qonun hujjatlarida ko‘p bolali oilalarning huquqiy maqomini aniq belgilash zarurati vujudga kelibdi (!).

Vazirlar Mahkamasi qonunchilikdagi shu «kamchilik»ni tuzatish uchun qonun loyihasini ishlab chiqib, Qonunchilik palatasiga kiritibdi. Saylovoldi debatlarida olam-olam va’dalar bergan siyosiy partiyalarimiz vakillari esa shu kungacha bundan bexabar ekanligiga qoyil qolmadim.

Xullas, loyihada O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga «ko‘p bolali oila» tushunchasi va uning huquqiy maqomini belgilovchi qo‘shimcha kiritilmoqda. Unga ko‘ra, ota-ona yoki ulardan biri bilan birga yashayotgan to‘rt va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan, shuningdek kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim olayotgan yigirma ikki yoshga to‘lmagan bolalari bo‘lgan oilalar ko‘p bolali oilalar hisoblanishi belgilanmoqda.

Shu bilan birga, Soliq kodeksining 436-moddasi, Mehnat kodeksining 68-moddasi va «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonunning 7-moddasi Oila kodeksiga kiritilishi taklif etilayotgan qo‘shimchaga muvofiqlashtirilmoqda.

Bugun deputatlarning kameralar qarshisida maqtanishicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotidagi turli xil yondashuvlar bartaraf etilishiga, davlat himoyasiga muhtoj bo‘lgan ko‘p bolali oilalarga ijtimoiy adolat prinsipi asosida imtiyozlar berilishiga, xususan, turar joy, yer ajratish, soliq to‘lovlari va boshqa bir qator imtiyozlardan keng foydalanishga huquqiy asos yaratarmish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilarmish.

Zo‘r-ku! Ammo o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: xo‘sh, nega shu vaqtgacha «ko‘p bolali oila»larga bu imtiyozlar berilmagan va iqtisodiy og‘ir damlarda ularning ahvoli ne kechgan? Hech chora topolmagach, oxir-oqibat «ko‘p bolali oila» bo‘lishni istamay qo‘ygan (hozir aksariyat oilalar 1-2 nafar farzandli) da bu qonunga zaruriyat qolganmikan? Yoki qonun qabul qilingach, oila boshliqlari yana o‘z vazifalari bilan astoydil shug‘ullanishiga ishoramikan? Nima bo‘lganda ham, nuroniylarimizning dili og‘riydigan bo‘ldi: «Ay, deputat bolam, shu paytgacha qayerda eding?».

IMHO dermidi?
Manba: fikrat.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 0
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 142
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 11
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 141
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 179
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 94
  • Bo‘limlar