“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 12:57
ЎЗO‘Z

Toshkentda karantin qoidalarini buzib, iftorlik o‘tkazgan kafe yopildi

23 мая, 00:30 2 970 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda karantin qoidalarini buzib, iftorlik o‘tkazgan kafe yopildi Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan Üsküdar kafesi joriy qilingan cheklovlarga qaramay yashirin tarzda faoliyatini davom ettirgani aniqlandi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 20 may kuni Ichki ishlar boshqarmasi va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan Üsküdar kafesida tekshiruv o‘tkazilganda mazkur kafe joriy qilingan karantin cheklovlariga qaramay o‘z faoliyatini yashirin ravishda davom ettirgani aniqlangan.

Tekshiruv tadbirlari vaqtida kafeda iftorga yig‘ilgan, taxminan, 30 kishi, xususan, 13 nafar O‘zbekiston fuqarosi va 17 nafar xorij fuqarosi bo‘lgan. Shuningdek, alohida xonada namoz o‘qish va boshqa diniy marosimlarni o‘tkazish uchun sharoitlar tayyorlangani aniqlangan.

Karantin tadbirlari buzilish holati yuzasidan sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan kafe rahbariyatini ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha tegishli bayonnoma tuzilgan. Kafening o‘zi esa belgilangan tartibda sud jarayonlari tugaguniga qadar muhrlab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 6 mayda e’lon qilingan Respublika maxsus komissiyasining karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha axborotida karantin cheklovlari 2020 yil 8 mayidan boshlab uchta toifaga («qizil», «sariq» va «yashil») kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma-bosqich bekor qilib borilishi belgilangan. Umumiy ovqatlanish yo‘nalishidagi ob’ektlarning mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatishiga ruxsat berish uchala toifadagi hududlarga ham tatbiq etilmagan.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15 maydan bir qator faoliyat turlariga ruxsat berildi. Unda ovqatlanish shoxobchalari kiritilmadi.

Prezident Shavkat Mirziyeyov 13 may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida epidemiologik vaziyat tufayli cheklovlar bosqichma-bosqich yumshatib borilayotganiga qaramay hamon karantin tartibi amalda ekanini ta’kidlagan edi.

Ayni paytda restoran faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Uning rahbariga nisbatan sud qarori bilan chora ko‘rilishi ta’kidlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 65
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 35
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 70
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Bo‘limlar